Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Lokomotiv» «Roma» bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

«Lokomotiv» «Roma» bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Baho:
+1 | -1

Mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” futbol klubi o‘z oldiga yuqori o‘rinlarni qo‘yish bilan birga har tomonlama yetakchi bo‘lish maqsadida o‘z infratuzilmasi, akademiya, marketing va stadionda muxlislarga qulaylik yaratish bo‘yicha ham ishlar olib bormoqda.

Kuni kecha “Lokomotiv” PFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov Italiyaning “Roma” klubi bosh direktori Mauro Baldissoni taklifiga binoan klub ofisiga tashrif buyurdi. Bu uchrashuvdan asosiy maqsad ayni damda “Roma” futbol akademiyasiga rahbarlik qilayotgan Franchesko Totti va yaqin kunlarda qurilishi boshlanadigan “Lokomotiv” futbol akademiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga “Loko” safida yetishib chiqayotgan yosh, iste’dodli futbolchilarni malaka oshirish uchun Rimga yuborish, murabbiylar uchun dasturlar va amaliy qo‘llanmalarni taqdim etish, marketing sohasini rivojlantirish, italiyaliklar tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash hisoblanadi.

Uchrashuv davomida To‘labek Akramov avvalo o‘zbek futboli erishayotgan yutuqlar, Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar hamda “Lokomotiv” jamoasi haqida ma’lumot berdi. Rimliklar bosh direktori Mauro Baldissoni va klubning rivojlanish strategiyasi bo‘yicha direktori Aleks Zekka “Roma” futbol klubi, akademiya, muxlislar bilan ishlash, marketing sohalari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

Baldissoni italiyaliklar Xitoy va AQSHda qurilgan “Roma” futbol akademiyalari to‘g‘risida fikr yuritib, O‘zbekistonda “Lokomotiv” bilan hamkorlikda ishlash taklifi judayam foydali ekanligi hamda O‘rta Osiyo futbol bozoriga anchadan beri qizaqayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Roma” bosh direktori hamkorlikning dastlabki bosqichida “temiryo‘lchilar” murabbiylari va bir nechta iste’dodli futbolchilarni malaka oshirish uchun Italiyaga taklif etdi. Shu bilan birga xalqaro homiylarni jalb etish, ular bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini berdi.

O‘zaro suhbatdan so‘ng To‘labek Akramovga “Roma” futbol klubi uy stadioni, klub bazasi, rasmiy do‘konlar faoliyati tanishtirildi.
Judayam samarali o‘tgan uchrashuvda tomonlar klublar o‘rtasida alohida strategiya bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:19, 20.02.2019.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик