Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Peres Neymar masalasida «Real» direktorlar kengashi bilan kelisha olmayapti

Peres Neymar masalasida «Real» direktorlar kengashi bilan kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

«Real» prezidenti Florentino Peres «PSJ» hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritishni juda ham istamoqda. Ammo klub direktorlar kengashi jamoa xo‘jayinini bu g‘oyadan voz kechishga chaqirmoqda. Ular boshqa futbolchilarning transferiga e’tibor qaratish kerakligini uqtirishmoqda.

Shunga qaramay, "Qirollik klubi" Neymarning otasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. U esa imzolanajak shartnoma uchun 40 million yevro miqdorida mukofot puli talab qilmoqda.

Bundan tashqari, Peres «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar bilan shartnoma imzolamoqchi. Avvalroq matbuotda, agar «Real» Neymar bilan kelishuvga erishsa, belgiyalik futbolchining transferidan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Faktlar:
— Neymar ushbu mavsumda "PSJ" safida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi.
— Azar esa "Chelsi" tarkibida 34ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 20:31, 20.02.2019.
O'qildi: 10942 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.