Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Oxirgi uch yil ichida 3 ta murabbiy va 400 limon yoxud «Everton»ga nima yetishmayapti?

Oxirgi uch yil ichida 3 ta murabbiy va 400 limon yoxud «Everton»ga nima yetishmayapti?

Baho:
+ | -

Hozir biz siz bilan so‘z yuritadigan jamoa so‘nggi 3 yil davomida 400 million transferlarga sarflagan va 3 marotaba murabbiy almashtirgan.

Lekin, shunda ham barqarorlik namoyish eta olmayapti. Hattoki o‘yinida oz bo‘lsa ham o‘zgarish yo‘q, o‘sha-o‘sha eski hammom, eski toz.

O‘tgan mavsumda bu jamoa APLni 8- o‘rinda yakunladi. Yomon natija emas-ku deyapsizmi? Fakt shuki inqilobdagi “Nyukasl ” atigi 3 ochko kam jamg‘argan.

Ha aytgancha gap “Everton” haqida bormoqda, to‘g‘ri “mersisaydliklar“ “kuchli oltilik” jamoalaridan moliyaviy tomonlama ortda qolishar lekin,qo‘lga jamoalardan ancha-muncha ustunlar.

Runi, Vlashich, Tosun, Uollkot, Klassen, Pikford, Kin, Sigugrdsson. Gomesh, Zuma, Din, Mina, Risharlison – bu jamoaning oxirgi 2 yil ichida xarid qilgan futbolchilari, ajablanarli nima dedingiz?

Bir tarafdan qaraganda juda ko‘p jamoalar bunday orzu qilishadi. Futbolchilar top darajadagi, lekin o‘yin chiqmayapti, gap nimada? Albatta! Murabbiyda yaxshi bir murabbiy olib kelish kerak.

“Everton” rahbarlari shunday ham biz o‘ylagan fikrni amalda bajarishdi. O‘zini yaxshi tomonlarini ko‘rsata olgan, kelajagi porloq deya aytilayotgan “Uotford” murabbiyi Silva jamoaga taklif qilindi. Ammo haqiqat achchiq ushbu murabbiy o‘zini ko‘rsata olmayapti.

Turnir jadvalida “Everton” hozirda 9-o‘rinda (bu ketishda mavsum so‘nggida ham shunday bo‘ladi). Jamoa o‘rtamiyona “Vest Xem” va “Bornmut”bilan darajada desam xato qilmagan bo‘lardim.

Marku Silva boshchiligidagi jamoa “Uotford” va”Vulverxempton”dan sezilarli darajada ortda qolmoqda. O‘zaro o‘yinlara qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan 12 ochkodan atigi 2 tasini o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishgan.

Gap natijada ham emas. “Uotford”va ”Vulverxempton”da o‘z o‘yin uslublari bor. Har ikkala jamoa ham nima uchun o‘ynayotganini biladi, lekin “Everton” haqida bunday deya olmayman.

Shunday fikr uyg‘onadi: Santush va Grasiya o‘z shogirdlariga oddiy o‘yin prinsipini singdirib qo‘ygan, oson va tez o‘rganadigan. Silva esa ko‘l ostidagi futbolchilarga juda ham qiyin, uddalay olmaydigan vazifa qo‘ygan va shunga xos kutish kerak, kimni aldayapman? Xullas xulosa o‘zingizdan.

 

“Everton” standart vaziyatlardan ko‘p gol o‘tkazmoqda. Eng ko‘p rotasiyaga qilinadigan himoya chizig‘i ham tushunganingiz-dek “Evertonniki” . O‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha jamoa 11-o‘rinda. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki Silva himoya chizig‘ini tartibga sola olmadi.

Hujum-chi? Hujumda nima gap?Din, Sigurdsson va Uollkot vaziyat yaratish bo‘yicha jamoa yetakchilari, Ya’ni yuqoridan to‘p uzatishga o‘rgangan futbolchilar.

“Everton” yuqoridan to‘p uzatish bo‘yicha APLda yetakchi. Aytish joiz hujumni rang-barang qilish qo‘lidan keladigan futbolchilar ham yo‘q emas. Lekin jamoa baribir unchalik foydasi ko‘rinmayotgan jarima maydonchasiga yuqoridan uzatib beriladigan paslarga tayanib o‘ynamoqda.

Ko‘ramiz... Silva va uning jamoasi mavsum so‘nggida qanday ko‘rinishda bo‘ladi. Balki jamoa yaxshi tomonga o‘zgarib “kuchli oltilikka” bosh og‘riq bo‘lar, balki aksi. Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozircha esa mening fikrimcha “Everton” sarflanayotgan pullar, kutilayotgan natijadan kelib chiqib,mavsum muvaffaqiyatsizligiga asosiy da’vogar.

Jahongir Sotiboldiyev

Manba: WorldNews
Kiritildi: 22:36, 20.02.2019.
O'qildi: 5151 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.