Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Rustam Lutfullin OFKning yosh hakamlar akademiyasida tahsil olmoqda

Rustam Lutfullin OFKning yosh hakamlar akademiyasida tahsil olmoqda

Baho:
+ | -
Shu yilning 24-26 fevral kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan tashkil etilgan Yosh hakamlar akademiyasida dastlabki o‘quv kurslari tashkil qilindi.   Mazkur kurslarda yurtimiz vakili Rustam Lutfullin ham ishtirok etmoqda. Yosh hakamlar uchun akademiya tashkil etilishi kelgusida nafaqat Osiyoda, balki jahon birinchiliklarida ham bir qator nufuzli musobaqalarda ishlaydigan, muhim uchrashuvlarni boshqaradigan ko‘plab malakali hakamlarni tayyorlashga zamin yaratadi.

Ushbu akademiyada tahsil olayotgan yosh hakamlar orasida OFKga a’zo barcha mamlakatlar vakillari bor. O‘quv kurslari davomida futbol qoidalariga kiritilgan va kiritilish kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, futbolda ro‘y beradigan bahsli vaziyatlar aks etgan videokliplar namoyish qilinib, bunday vaziyatlarda qanday qaror chiqarish zarurligi o‘rgatilmoqda. Bundan tashqari, o‘quv kurslari ishtirokchilari o‘zlari ham maydonda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, bu mashg‘ulotlar videotasvirga olinyapti. Keyin mazkur tasvirlar ishtirokchilarning o‘zlariga namoyish qilinib, xatolar tahlil qilinmoqda.

Yana bir jihatni ta’kidlab o‘tish zarur. Ushbu o‘quv kurslarini olib borayotgan instruktorlar orasida o‘tgan yilgi Jahon chempionati va bu yilgi Osiyo Kubogida ishlagan hamyurtimiz Farhod Abdullayev ham bor.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:38, 21.02.2019.
O'qildi: 2531 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик