23 fevral kuni o‘zbek futboli tarixida beshinchi marta O‘zbekiston Surperkubogi uchun bahs o‘tkaziladi.
Bunda O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” o‘tgan yilgi O‘zbekiston Kubogi sohibi AGMKga qarshi bahs olib boradi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytishimiz mumkin, mazkur Superkubok O‘zbekiston futboli tarixida beshinchisi bo‘ladi. Shanba kuni “Paxtakor” markaziy stadionida kechadigan bahs 16:00da boshlanadi.
Shuni aytish lozim, beshinchi bor tashkil etiladigan Superkubok “Lokomotiv” uchun uchinchisi bo‘ladi. O‘zbekiston Superkubogi ilk bor 1999 yil o‘tkazilgan bo‘lib, bunda “Navbahor” “Paxtakor”ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan. Tarixdagi ilk Superkubok o‘sha yili Farg‘onada o‘tkazilgandi.
Shundan so‘ng 14 yil tanaffus yuzaga kelib Superkubok uchun bahs o‘tkazilmadi. Faqat 2014 yildan boshlab yana yo‘lga qo‘yila boshlandi va “Jar” stadionida kechgan bahsda Toshkentning ikki klubi “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘zaro bahs olib bordi. Bunda “Bunyodkor” ham chempion, ham Kubok sohibi, “Lokomotiv” esa ikkinchi o‘rin egasi sifatida ishtirok etgandi.
“Lokomotiv” o‘z tarixida birinchi marta 2014 yil Superkubokda o‘ynagan. O‘ziga yarasha qiziq kechgan bellashuvda “temiryo‘lchilar” 1:2 hisobida yutqazib qo‘yishgandi. Quyida uchrashuv protokolini keltirib o‘tamiz.
O‘zbekiston Superkubogi. 2014 yil
7 mart, juma. Toshkent. “Jar” stadioni
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:2
“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 3. Yevgeniy Gogol, 4. Bobur Yo‘ldoshev, 8. Akmal Xolmatov (77. Jasur Hasanov, 46), 10. Farhod Tojiyev (23. Ivan Nagayev, 46), 16. Jasur Hasanov, 19. Islom Inomov (18. Fozil Musayev, 71), 22. Viktor Karpenko, 30. Dilshod Jabborov, 88. Lutfulla To‘rayev, 99. Vyacheslav Shevchenko.
“Bunyodkor”: 25. Murod Zuhurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov, 6. Anvar G‘ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 11. Oleksandr Pishur, 16. Karles Koto (21. Sardor Rashidov, 60), 24. Bahodir Pardayev (7.Alibobo Rahmatullayev, 76), 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 33. Oleg Zoteev (14. Vohid Shodiyev, 65), 40. Sergey Simonenko.
Gollar: Oleksandr Pishur 26, – 0:1. Vohid Shodiyev 66, – 0:2. Vyacheslav Shevchenko 78, – 1:2.
Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abdulhamid Rasulov (O‘zbekiston), Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston), Aziz Asimov (Toshkent).
2014 yil “Lokomotiv” O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritadi va 2015 yilgi O‘zbekiston Superkubogida ishtirok etadi. Bu safar “temiryo‘lchilar” “Paxtakor”ga qarshi bahs olib borishadi.
“Bunyodkor” (hozirgi “Milliy”) stadionda kechgan bahsda “Lokomotiv” 4:0 hisobida zafar quchadi. O‘yinda Lutfulla To‘rayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Ruslan Koryan va Marat Bikmayev tomonidan kiritilgan gollar “Loko”ga yirik g‘alabani taqdim etgandi.
O‘zbekiston Superkubogi. 2015 yil
8 mart (yakshanba). Toshkent. “Bunyodkor” stadioni.
“Paxtakor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:4
“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimes, Adnan Oraxovas, Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Navro‘z Alimov (Akbar Ismatullayev, 46), Aleksandr Merzlyakov, Davronbek Hoshimov, Stanislav Andreev (Jaloliddin Masharipov, 58), Vladimir Kozak (Sherzod Karimov, 56).
Zaxira: Nikita Ribkin, Akbar Ismatullayev, Murod Xolmuhammedov, Sherzodbek Karimov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov, Bahodir Pardayev.
“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Nemanya Yanichich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Salim Mustafoyev, Temur Kapadze (Jasur Hasanov, 56), Jasur Hasanov (kichik) (Shavkat Mullajonov, 59), Oleg Zoteev, Lutfulla To‘rayev, Sardor Mirzayev, Ruslan Koryan (Marat Bikmayev, 78), Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Shavkat Mullajonov, Marat Bikmayev, Sanjar Shoahmedov, Alisher Shog‘ulomov, Damir Koyashevich.
Gollar: Lutfulla To‘rayev (37), Temurxo‘ja Abduholiqov (49), Ruslan Koryan (56, penalti), Marat Bikmayev (89).
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Agishev (Toshkent).
O‘zbekiston Superkubogining navbatdagisi 2016 yil o‘tkazilgan bo‘lib, bunda “Nasaf” “Paxtakor”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Shundan so‘ng orada ikki yil yana uchrashuv o‘tkazilmadi. Va mana endi bu yil PFL bitta o‘yindan iborat bahs bo‘lishini belgilab qo‘ydi. Demak, 23 fevral kuni “Lokomotiv” o‘z tarixida uchinchi bor Surperkubok uchun maydonga tushadi.