Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Saken Polatov: «Umid qilamizki, bokschilarimiz libosida yaqinda WSB g‘oliblarining yulduzchasi paydo bo‘ladi»

Saken Polatov: «Umid qilamizki, bokschilarimiz libosida yaqinda WSB g‘oliblarining yulduzchasi paydo bo‘ladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

WSB turnirining IX mavsumi oktyabr oyida start oladi. «Uzbek Tigers» jamoasining yangi mavsumda musobaqada ishtirok etmasligi haqidagi mish-mishlar rasman rad etildi. Bokchilarimiz muxlislarni yangi g‘alabalar va ajoyib natijalar bilan xursand qilish, shuningdek, Tokio 2020 Olimpiadasi lisenziyalarini qo‘lga kiritish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qiladilar. O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov «Uzbek Tigers» mazkur musobaqada g‘olib bo‘la olishi haqida gapirdi.

«WSB musobaqasida ishtirok etadigan «Uzbek Tigers» jamoasi ma’muriyatining yangilanishi natijalarni yaxshilashga bo‘lgan mas’uliyatni oshiradi. Federasiyaning birinchi galdagi vazifasi boksimiz muvaffaqiyatining davomiy bo‘lishini ta’minlashdir. WSB turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok ham bizning asosiy yo‘nalishlarimizdan biri hisoblanadi. «Uzbek Tigers» g‘alaba qozonishni biladi va buni isbotlay olgan jamoa. Ishonamizki, yaqin orada bokschilarimiz libosida WSB g‘oliblarining yulduzchasi paydo bo‘ladi. Xalqimizning jamoaga bo‘lgan ishonchi va mehri bokchilarimizning g‘alabasi uchun haqiqiy motivasiya vazifasini bajaradi», – dedi Saken Polatov.

Jamoaning bosh menejeri Abdulloh Sagdiyev esa bokschilarimiz jangovar kayfiyatda ekanligini qayd etdi, shuningdek, u qo‘llab-quvvatlov uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

«Jamoa va WSB turniridagi ishtirok men uchun O‘zbekiston boks federasiyasidagi faoliyatimning mas’uliyatli vazifalaridan biri hisoblanadi. Biz bokschilarimizning g‘alaba qozona olishlarini va buning uchun ularda barcha narsa borligini bilamiz. Federasiyaning yangi rahbariyati jamoa murabbiylar shtabini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani katta ahamiyatga ega. Biz mas’ullar jamoamizning g‘alabasi uchun bor kuch, bilim va tajribamizni ishga solamiz. Vaqtni boy bermay, bugunoq tayyorgarlikka kirishishimiz lozim. Mavsum oktyabr oyida boshlanadi. Yigitlar ayni paytda jangovar kayfiyatda. Muxlislarimizga rahmat. Shak shubha yo‘qki, biz ishonchni oqlaymiz», – dedi Abdulloh Sagdiyev.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:02, 22.02.2019.
O'qildi: 3588 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.