Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

«Superkubok»da kim favorit?

«Superkubok»da kim favorit?

Baho:
+ | -

Yuqori saviyada o‘tkazilayogan uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanishidan xabaringiz bor. Ushbu uchrashuv oldidan klublarning imkoniyatlarini baholab ko‘ramiz

«Lokomotiv»

Klub bu mavsumni asosiy snayperi Bikmayevsiz o‘tkazadi. Bundan tashqari «Loko» Sadriddin Abdullayevni ham asosiy raqiblari safiga o‘tib ketishdan to‘xtata olmadi. Andrey Fyodorov shogirdlari uchun ushbu o‘yin mavsumning ilk rasmiy uchrashuvi bo‘lib xizmat qilsa, ajab emas. Bundan tashqari, bu mavsum «Loko» aytarli transfer xaridlarini amalga oshirmadi. Balki klub rahbariyati Fyodorovning rejalarini amalga oshirish uchun shu futbolchilar yetarli deb hisoblayotgandir, yana kim biladi deysiz?

«AGMK»

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi «AGMK» o‘zi uchun tarix yaratishda davom etmoqda! Klub o‘tgan mavsumda o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan bo‘lsa, bu mavsum OCHL saralash uchrashuvalarida ishtirok etib, yanada yuqori saviyaga ko‘tarildi. Klub o‘z imkoniyatlari darajasidanda balandroq futbolchilar bilan shartnoma tuzmadi. Qosimov har doimgidek yoshlarga va o‘z yigitlariga ishonishda davom etmoqda!

O‘yinning favoriti kim?

«Loko» ayrim kamchiliklarga qaramasdan ushbu uchrashuvda faovoritligicha qolaveradi. Klubdagi ko‘plab futbolchilar terma jamoamizga muntazam chaqirilib turibdi, ammo «AGMK» osonlikcha jon bermasligi aniq! Tartibli  futbol ko‘rsatuvchi Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar yaxshigina bosh og‘riq bo‘lishi, hech gap emas! Xalqaro o‘yinlar va finallardagi tajriba pand berib qo‘ymasa, bugun olmaliqliklarda ham imkoniyat chakki emas.

Umumiy qilib aytganda, bu uchrashuvni o‘tkazib yubormasligingizni tavsiya qilar edik. Sababi, o‘zbek futboli muxlislarning e’tibori va tashrifisiz rivojlanishi qiyin. Keling, o‘yinni o‘z ko‘zingiz bilan tomoshqa qiling! Zero, bu o‘yin shunga arziydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:42, 23.02.2019.
O'qildi: 4151 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.