Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Real»ga qarshi bahsdan oldin «Ayaks»ning o‘yini qoldirilgani raqibga yoqmadi

«Real»ga qarshi bahsdan oldin «Ayaks»ning o‘yini qoldirilgani raqibga yoqmadi

Baho:
+ | -

Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi «Ayaks»ga yordam berishga qaror qildi.

Amsterdamliklarning Gollandiya chempionati doirasida «Zvolle»ga qarshi 2 mart kuni bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘yini 13 martga ko‘chirildi. Shu tariqa, "Ayaks" "Real"ga 5 mart kuni bo‘ladigan YECHL nimchorak finalning javob bahsi oldidan 3 kun emas, bir hafta dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ammo bu qaror «Zvolle»ga yoqmadi va jamoa Niderlandiya qirollik futbol ittifoqiga shikoyat bilan murojaat qildi. Biroq ittifoq ularning murojaatiga rad javobini berdi.

«Ayaks» esa «Zvolle» muxlislarining Amsterdamga kelib-ketish xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi. Shunga qaramay, raqib jamoa muxlislari norozi bo‘lishdi va «De Grafsxap»ga qarshi o‘yinda o‘z noroziliklarini banner orqali izhor qilishdi: «KNVB – mafiya».

Bundan tashqari, «Zvolle» rahbari Adrian Visser o‘z noroziligini ma’lum qildi.

«Bu chempionat ustidan kulish va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. KNVB musobaqadagi tartibni saqlashi lozim. Endi esa, raqiblardan farqli o‘laroq, biz bir haftada 3ta o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘lamiz.

Federasiya bizga murojaat qilib, agar «Ayaks» «Real»ga qarshi o‘yinda ijobiy natija qayd etsa, uchrashuvni ko‘chirishga rozi bo‘lish yoki bo‘lmasligimizni so‘radi. «Ayaks» esa birinchi bahsda yutqazdi. Agar amsterdamliklar ijobiy natijaga erishganida ham biz o‘yinning ko‘chirilishiga rozi bo‘lmasdik. Men buni o‘sha zahoti aytgandim.

Ammo KNVB UYEFA va Amsterdam shahar rahbariyatining ijozati bilan press-reliz e’lon qilishga qaror qildi. Bu kulgili. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz», – dedi Visser.

Gollandiya chempionatining ushbu mavsumida "Ayaks" 53 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "PSV"dan 4 ochko ortda qolmoqda. "Zvolle" esa 25 ochko bilan 15-pog‘onani band etib turibdi. Ularni xavfli hududdan atigi 1 ochko ajratib turibdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:08, 24.02.2019.
O'qildi: 4643 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик