Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Babayan yana nimani unutdi?

Babayan yana nimani unutdi?

Baho:
+2 | -1

Bu yangilik meni shok holatiga tushirib qo‘ydi. Babayan ismini eshitgan zahotim Janubiy Koreya bilan durangdan so‘ng JCH dan ayrilgan qora ko‘zlarning yig‘lamsirab «Baba, aut», — deya hayqirib turgani ko‘z oldimdan o‘tib ketdi...

O‘sha uchrashuvdan so‘ng sharmandali tarzda matbuot anjumanidan «qochib» ketgan «qahramonimiz» «o‘zbek futbolidan chetlatildi», — degan xabar chiqqach,alamlar biroz yodimizdan ko‘tarilgan edi.

Afsus, u yana yurtimizda ish boshlamoqda. Har bir erkin jurnalistning o‘z pozisiyasi bo‘lishi shart! Shaxsan men ushbu qarorning mohiyatini sira tushuna olmadim. O‘z-o‘zidan savollar paydo bo‘ladi.

E’tibor berib qarasangiz, so‘nggi Osiyo kubogida «Lokomotiv» terma jamoa darajasidagi bir nechta futbolchilarni yetkazib berdi. Bundan tashqari ketma-ket ichki chempionatda g‘olib bo‘ldi. Barchasini to‘g‘ri bajarayotgan klub uchun maslahatchi nima uchun kerak bo‘lib qoldi ekan? «Lokomotiv» klub mutasaddilari Babayanga qo‘yilgan cheklovni qanday aylanib o‘tishdi ekan? Eng so‘nggi savolim: Babayanning vijdoni yurtimiz futboliga qaytishni qanday hazm qildi?..

Savollar ko‘p, ammo javoblar yo‘q. Nahotki, yangilanish va yuksalish yo‘lida turgan futbolimizdagi o‘zgarishlar shunchaki quruq gap bo‘lsa? To‘g‘risi, tushunasiz qaror. Balki, bu yerda biz bilmagan boshqa gaplar bordir.

Bilmadik, ammo O‘FAdan shu kunlarda Samvel Babayanning qanday qilib yurtimizda yana ish boshlagani to‘g‘risida izohni kutib qolamiz. Axir, bu futbol - xalqimizniki! Xalqning unga reaksiyasi qanday ekanligini bilgan holda shunday ish tutishdimi, demak, bunga izoh berishlari shart! Biz sizlarning izohingizni kutyapmiz, qadrli futbolimizning jonkuyar rahbarlari?!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:43, 26.02.2019.
O'qildi: 9191 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик