Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Kayfiyat a’lo, OCHLga tayyormiz»

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Kayfiyat a’lo, OCHLga tayyormiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘z tarixida ikkinchi marta O‘zbekiston superkubogi sohibiga aylandi. Ta’bir joiz bo‘lsa, mazkur zafar «temiryo‘lchilar»ga xalqaro maydondagi ishtirokni boshlashdan avval o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. AGMK klubiga qarshi kechgan qiziqarli uchrashuv yakuniga yetgach, terma jamoamizning tajribali himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayevdan intervyu oldik. Zero, maydonda sardorlik bog‘ichi ostida to‘p surgan futbolchining yetakchilarga xos harakati stadionga tashrif buyurgan muxlislarga juda manzur bo‘ldi.

- Avvalo, qo‘lga kiritilgan g‘alaba va mavsumdagi ilk sovrin bilan tabriklaymiz. Dastlabki taassurotlar qanday?

- Tabrik uchun rahmat. Bu o‘yinga ancha muddatdan beri tayyorgarlik ko‘rdik. AGMKning OCHLdagi 2ta o‘yinini kuzatib, yaxshilab o‘rganib chiqdik va murabbiyimizdan tegishli ko‘rsatmalarni olgan holda, maydonga tushdik. Eng muhimi, yakunda g‘alabani nishonladik.

- Birinchi goldan so‘ng «Lokomotiv» natijani saqlab qolishga urindek taassurot uyg‘otdi. Bu Andrey Fyodorovning rejasi edimi?

- Ma’lumki, birgina o‘yindan iborat uchrashuvlarda natija o‘ta muhim hisoblanadi. Shu bois, hisobdan kelib chiqib harakat qildik. Shuning­dek, raqibni himoyalanishga majbur etdik.

- Jokichning golidan keyin esa butkul himoyaga o‘tib oldinglar...

- Butkul emas-u, shunchaki, AGMK futbolchilarini o‘z maydonchamizda kutib olib, qarshi hujumda imko­niyatimizni kutdik. Ammo so‘nggi daqiqalar yaqinlashgani sari ehtiyotkorlikka e’tiborni kuchaytirishimizga to‘g‘ri kelgani rost.

- «Paxtakor» markaziy stadioniga ko‘plab muxlislar tashrif buyurishdi. Bu sizlarga qo‘shimcha kuch berdimi?

- Albatta! Muxlislar qancha ko‘p kelishsa, nafaqat biz, balki boshqa jamoalar o‘ynaganda ham, shunday shiddat kuzatiladi. Axir muxlislar - futboldagi «12-o‘yinchi».

 - «Lokomotiv» Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ostonasida turibdi. Musobaqaga tayyogarlik jarayoni qanday ketmoqda?

- Ha, chindan ham, superkubok bahsidan so‘ng bor e’tiborimiz OCHLga qaratiladi. Ilk o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz. Bunga tayyorgarlik avjida. O‘ylaymanki, «Al-Vahda»ga qarshi bellashuvni a’lo kayfiyat va yaxshi jismoniy tayyorgarlik bilan boshlaymiz.

- Guruhdagi raqiblarni o‘rganyapsizlarmi? Ularning kuchiga qanday baho berasiz?

- Raqiblarni anchadan beri o‘rganyapmiz. Lekin shunisi aniqki, Chempionlar Ligasida kuchsiz jamoa ishtirok etmaydi.

- Superkubok o‘yini bir tomondan jamoa foydasiga ishlaydi. Ya’ni futbolchilar biroz bo‘lsada, muhim o‘yinlar oldidan sport formalarini tiklab olishadi...

- Darhaqiqat, bu o‘yinning xuddi shu vaqtda o‘tkazilishi ayni muddao bo‘ldi. Chunki baribir, rasmiy va o‘rtoqlik o‘yini o‘rtasida katta farq bor. Shu paytgacha milliy chempionatimizda ham 3-4ta uchrashuv o‘tkazganimizda-ku, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

- Xorijdagi nazorat uchrashuvlarida asosan qaysi jihatlarga e’tibor qaratildi?

- Mavsumoldi yig‘inlari risoladagidek o‘tdi. Ularda jamoaviy o‘yinni shakllantirish, yangi futbolchilar bilan o‘zaro tushunib harakat qilish ustida ishladik. Tabiiyki, jismoniy tayyorgarlikka ham yetarlicha urg‘u qaratildi. Zero, OCHL o‘yinlarida jismoniy tayyorgarlik ko‘p narsani hal qiladi.

- «Al-Ittihod» va «Al-Vahda» «temiryo‘lchilar» uchun notanish emas. Ammo «Al-Rayan»ni bemalol «sirli tulpor»ga qiyoslashimiz mumkin. Qatar klubi haqida yetarlicha ma’lumotga egamisizlar?

- To‘g‘ri aytdingiz, «Al-Ittihod» va «Al-Vahda» bilan avval ham kuch sinashganmiz. Lekin ayni klublarda murabbiylar almashgan. Tarkiblarda juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Menimcha, biz avval o‘ynagan jamoalar boshqacha uslub va taktikadan foydalanardi. Qatar klubini ham o‘rganishni boshlaganmiz, albatta. Ammo hozir bor e’tibor ilk tur o‘yiniga qaratilgan. Muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonsak, qolgan raqiblar o‘yinini bosqichma-bosqich tahlil qilaveramiz.

- Amirliklarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogidan so‘ng terma jamoamizdagi ayrim futbolchilar legioner maqomini olishdi. Sizga ham xorij jamoalaridan taklif yoxud qiziqish bo‘ldimi?

- Ochig‘ini aytsam, takliflar bor edi. Biroq «Lokomotiv» bilan Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishni ma’qul ko‘rdim. Bu yerda meni barcha sharoitlar qoniqtiradi. Qolaversa, qadrdon do‘stlarim bilan birga bo‘lishdan hursandman.

- Osiyo maydonlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi jamoaga musobaqada imkon qadar uzoqroqqa borishni tilaymiz!

- Rahmat! Maqsadlarimiz juda katta. Nasib qilsa, chiroyli va mazmunli o‘yinlar ko‘rsatib, ijobiy natijalarga erishamiz.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:07, 27.02.2019.
O'qildi: 2112 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.