Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

«Uzbek Tigers» WSB’da o‘z ishtirokini davom ettiradi

«Uzbek Tigers» WSB’da o‘z ishtirokini davom ettiradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berib o‘tganimizdek, "Uzbek Tigers" jamoasi Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning to‘qqizinchi mavsumida ham qatnashadi.

Bugun bokschilarimizning mazkur turnirdagi ishtiroki yuzasidan AIBA vakili Karim Buzidi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov musobaqaning yangi mavsumidagi tizim, tashkiliy masalalar yuzasidan janob Karim Buzidi bilan fikr almashdi.

O‘z navbatida AIBAdan tashrif buyurgan mas’ul yangi tizim haqida gapirib berdi. Unga ko‘ra, WSBning ushbu mavsumi 8 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Har bir vaznda ikki nafar bokschi Olimpiya o‘yinlari lisenziyasiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, u suhbat davomida yurtimiz bokschilarining imkoniyatlari katta ekanligi, o‘zbek boksi maktabi haqidagi iliq fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston haqiqiy boks mamlakati ekanligini aytib, bu mamlakatimizda WSBning O‘zbekiston bosqichini tashkil etish imkoniyatini yaratib berishi haqida gapirdi. Ayni paytda bunday musobaqa Kuba va Venesuelada tashkil qilinadi. Tomonlar uchrashuv chog‘ida ushbu musobaqaning O‘zbekiston bosqichini ham tashkil etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 21:47, 27.02.2019.
O'qildi: 5473 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик