Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Santyago Bernabeu»da yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Santyago Bernabeu»da yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogi doirasidagi bu galgi "el-klasiko" dastlabkisiga nisbatan ancha shiddatli va gollarga boy bo‘ldi. Har ikkala jamoa o‘yin boshidanoq katta ishtiyoq bilan o‘ynay boshlashdi. Shunga yarasha o‘yinda xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi.

Tanaffusga qadar to‘p nazorati bo‘yicha kichik ustunlik "ko‘k-anorranglilar" tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, xavfli vaziyatlar bo‘yicha "Real" raqibdan oldinroq bo‘ldi. Jumladan, Vinisius Junior faoliyatida eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdi. U kataloniyalik himoyachilarni rosa qiynadi. Ammo so‘nggi u tajribasizlik qilib, darvoza tomon bir necha marta aniq zarba bera olmadi. Ba’zida esa ter Shtegen qahramonlik ko‘rsatdi. Boz ustiga, bir vaziyatda Benzema yakkama-yakka vaziyatda "Barsa" posbonini dog‘da qoldira olmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa, kutilmaganda, Valverde shogirdlari uchun barcha narsa omadli bo‘ldi. Bahsning 50-daqiqasida Alba-Dembele-Suares kombinasiyasidan keyin Luis hisobni ochdi.

Mazkur o‘tkazib yuborilgan goldan keyin "Madrid" tavakkal qilib oldinga tashlandi. Ular hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo bu kecha omadj mehmonlar tomonida bo‘ldi.

Kataloniyaliklar o‘z imkoniyatlaridan juda unumli foydalanib qolishdi. Bahsning 69 va 72-daqiqalarida Luis Suares ikkita gol muallifiga aylanib, raqibni "nokaut"ga uchratdi. Dastlab Semeduning uzatmasidan keyin Dembele o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomonda ochilayotgan Suares tomon pas berdi. Varan esa to‘pni darvozasiga burib yubordi. Rafael to‘pga tegmaganida ham Suares darvozani ishg‘ol qilar edi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Kazemiro o‘z jarima maydonchasi ichida urugvaylik futbolchining oyog‘ini bosib oldi. Belgilangan penaltini Suaresning o‘zi Panenka uslubida amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Barselona" Ispaniya kubogi finaliga yo‘l oldi.

Ispaniya kubogi, yarim final, javob o‘yini
"REAL MADRID" - "BARSELONA" 0:3 (0:0)
Gollar: 0:1 – 50 Suares, 0:2 – 69, avtogol Varan, 0:3 – 73, penalti Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Valverde, 75), Vaskes (Beyl, 68), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 81), Benzema.
Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Artur, 86), Dembele (Koutinyo, 75), Nelson Semedu, Messi, Suares (Vidal, 78).
Ogohlantirishlar: Vaskes (58), Buskets (65), Kazemiro (72), Nelson Semedu (81).
Dastlabki o‘yin: 1:1

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:56, 28.02.2019.
O'qildi: 11469 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.