Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Metallurg-woman» tayyorgarlikni davom ettirmoqda

«Metallurg-woman» tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakat milliy chempionati bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg-vumen” jamoasi qizlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.

O‘tgan mavsumda uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘lgan Avaz Maxsumov shogirdlari jismoniy tayyorgarlik mashqlari barobarida nazorat uchrashuvlariga ham e’tibor qaratmoqda.

Bugun poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan “Paxtakor” futbol akademiyasiga qarashli sun’iy qoplamali maydonda bekobodlik qizlar AGMK-vumen jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishdi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda “Metallurg-vumen” qizlari har tomonlama ustunlik qilishdi. Uchrashuvdagi dastlabki hujumniyoq bekobodliklar golga aylantirishdi. Elvina Ablyakimova dugonalari boshlab bergan hujumni gol bilan yakunladi.

Oradan yigirma daqiqacha vaqt o‘tib Shoira Qulto‘rayeva farqni oshirishga erishdi. Ikkinchi bo‘limda ham yana bir marta muvaffaqiyatga erishgan Shoira dublini rasmiylashtirish barobarida “Metallurg-vumen”ning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Shu o‘rinda qayd etish lozim, “Metallurg-vumen”ning bir qator o‘yinchilari ayni paytda O‘zbekiston terma jamoalari yig‘inida ishtirok etishmoqda.

Kiritildi: 17:40, 03.03.2019.
O'qildi: 1833 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик