Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Baxtiyor Ashurmatov: «Jamoamizda ayrim muammolar bor»

Baxtiyor Ashurmatov: «Jamoamizda ayrim muammolar bor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu hafta boshida «Milliy» stadionida tashkil etilgan Pepsi Superliga-2019 bahslariga qur’a tashlash marosimida ishtirokchi jamoalar bosh murabbiylari va sport direktorlari qatnashib, o‘z jamoalarining ilk turdagi raqibi, chempionat formati va boshqa muhim masalalar bilan yaqindan tanishishdi. Turli yangiliklarga boy tarzda o‘tgan tadbirdan so‘ng «Buxoro» klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovni suhbatga tortib, unga turli mavzudagi savollar bilan murojaat etdik.

 - Baxtiyor aka, dastlab chempionatimizning joriy mavsumiga tashlangan qur’a xususidagi fikr-mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Ochig‘i, qur’a natijasini qiziqish bilan kutgandik. Ammo baribir, yil davomida barcha jamoalar bilan o‘ynashga to‘g‘ri keladi. Birinchi turda AGMKga tushganimiz qiziq holat bo‘ldi. Raqibning qulay yoki noqulayligi yuzasidan biror fikr bildirishdan yiroqman. Maydonimizda ta’mirlash ishlari davom etmoqda, shu bois birinchi turni har qanday holatda ham safarda o‘tkazishimiz aniq edi. Birinchi tur hech qaysi jamoa uchun oson o‘tmaydi. Hammasi tayyorgarlikka bog‘liq. AGMK bilan bo‘ladigan o‘yin prinsipial ahamiyatga ega. Chempionatni g‘alaba bilan boshlash yoqimli. Jamoamizda ayrim muammolar bor, shunga qaramay, astoydil mehnat qilishda davom etamiz.

- Klubda muammoli holatlar kuzatilayotgan paytda jamoangizning yangi mavsum arafasida olib borgan tayyorgarligidan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Taraddud avvaldan rejalashtirilgan tartibda amalga oshirildi. Biroq seleksiya ishlaridan murabbiy sifatida qoniqmadim. O‘zimiz xohlagan futbolchilarni jamoaga jalb etolmadik. Chempionat boshlanishiga biroz vaqt bor. Yaxshi saviya­dagi, kuchli o‘yinchilarni tarkibga qo‘shib olishga urinib ko‘ramiz. Aks holda, qiyin ahvolga tushib qolishimiz hech gapmas.

- Boshlanajak mavsumda jamoa yetakchi klublar bilan raqobatlasha oladimi?

- Ularga raqobat tug‘dirishimiz uchun yanada kuchayishimiz lozim. Seleksiya ishlarini to‘xtatmaslik kerak. Ko‘ngildagidek tarkib shakllangandan keyingina aniq fikr bildirsak bo‘ladi.

- Asosiy tarkibga o‘rinbosarlar jamoasidan umidli futbolchilarni ham kiritasizmi yoki tajribali o‘yinchilarga ishonch bildirasizmi?

- Hozirgi shug‘ullanayotgan tarkibimizga o‘tgan yilgi yoshlar jamoasida o‘ynagan bir qancha iqtidorlarni ham qo‘shib oldik. Vaqti-vaqti bilan ularning xizmatidan foydalanib turamiz. Keyinchalik chempionat davomida o‘zini ko‘rsatgan yosh iqtidor egalarini jamoaga jalb etishda davom etamiz.

- Bu yil yana ikki davrali formatga qaytilgani, ishtirokchi jamoalar soni oshirilganiga munosabatingiz qanday?

- O‘zgarishlar qanday natija keltirishini albatta, vaqt ko‘rsatadi. Yil yakunida aniq xulosa chiqaramiz. 12ta ishtirokchi, to‘rt davrali tizim va «oltin ochko» qoidasi qaysidir ma’noda o‘zini oqlagan bo‘lsa, ayrim jihatlar bo‘yicha bahsli holatlarni vujudga keltirdi. Mutasaddi rahbarlar shunday qarorga kelishgan ekan, uni to‘g‘ri qabul qilamiz. Murabbiylarning ishi futbolchilarni o‘yinlarga har tomonlama - ham ruhan, ham jismonan munosib tayyorlash va g‘alabalar bilan muxlislarni xursand qilishdan iborat.

- Buxorodagi stadion uchrashuvlarni o‘tkazish uchun to‘liq tayyor bo‘lmaguncha safarda o‘ynaysizlar. Buning ham o‘ziga yarasha noqulayliklari bo‘lishi tabiiy...

- Albatta. Axir «O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi», deb bejiz aytilmagan. Buxoroda o‘tkaziladigan uchrashuvlarda stadion hamisha ishqibozlar bilan to‘ladi. Futbolchilar ham boshqacha ishtiyoq bilan to‘p surishadi. Mezbon maqomi ostida o‘ynash osonroq, nazarimda.

- Dastlabki turda ustunlik qaysi jamoa tarafida bo‘ladi? Raqibda ham, sizlarda ham muammolar yetarlicha...

- AGMK jamoasi tayyorgarlikni bizdan oldin boshlagan. Ular Osiyo Chempionlar Ligasi «pley-off» o‘yinlarida ishtirok etishdi. Shunday ekan, Olmaliqda raqobatbardosh jamoa shakllanib ulgurgan, tarkib va o‘yin tomonlama bizga nisbatan biroz ustun. Lekin futbolchilar hammasini maydonda hal qilishadi. Jangovar futbol namoyish etsak, raqibdagi ustunlikni yo‘qqa chiqarish mumkin. Umid qilamanki, bu uchrashuvgacha tayyor holatda bo‘lamiz.

- «Buxoro» bir qator legionerlarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Ushbu xorijlik futbolchilarning taqdiri nima bo‘ldi?

- Ular bilan do‘stona xayrlashdik. Axir legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo‘lishi darkor. Xorijdan o‘yinchi taklif etayotganda, adashmaslik muhim. Ularning butun mavsum davomida jamoaga yordam berish salohiyatiga ega ekanliklari aniq bo‘lgachgina, shartnoma imzolash kerak.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:34, 04.03.2019.
O'qildi: 2581 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.