Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Andrey Kanchelskis: «O‘tgan yilgi natijani yaxshilashga intilamiz»

Andrey Kanchelskis: «O‘tgan yilgi natijani yaxshilashga intilamiz»

Baho:
+ | -

Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan Namanganning “Navbahor” klubi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Toshkentda olib bormoqda.

“Lochinlar”ning poytaxtimizdagi navbatdagi mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetgach, biz “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisdan intervyu oldik.

-  Andrey Antanasovich, yangi mavsum boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Aytingchi, Superliganing bo‘lajak mavsumiga tayyorgarlik qanday o‘tdi, undan qoniqish hosil qildingizmi?

 -  Yangi mavsumga tayyorgarlikni Namangan, Qrim va Turkiyada olib bordik. Mana endi so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Toshkentda olib boryapmiz. Umuman olganda, tayyorgarlikdan qoniqish hosil qildim, ammo jamoamiz o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan maydonning tayyor emasligi biroz ko‘ngilni xijil qiladi.

Mayli, Xudo xohlasa, maydon sifati ancha yaxshilanadi va futbolchilar ham sifatli maydonda yayrab to‘p surishadi hamda muxlislarimizga o‘z g‘alabalari bilan quvonch ulashishadi, degan niyatdamiz.

-  Jamoa tarkibini o‘zingiz xohlagandek, shakllantira oldingizmi?

-  Menimcha, hech qaysi murabbiy o‘z qo‘l ostidagi tarkibdan qoniqish hosil qilmasa kerak. Lekin jamoamiz safiga tajribali, shuningdek, kelajagi porloq va mahoratli, bundan tashqari, jamoa uchun jon kuydiradigan futbolchilarni jalb eta oldik. Mazkur shogirdlarim bilan yangi mavsumda oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshiramiz, degan umiddaman.

-  O‘tgan yilgi mavsumda Superliga uchrashuvlari 12ta klub ishtirokida “oltin ochkolar” tizimida o‘tkazilgandi, bu yil esa jamoalar soni 14 taga yetkazilib, o‘yinlar 2 davrali tizim asosida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

-  Shotlandiyada 12ta jamoa ishtirok etadi va ushbu mamlakat chempionati 4 davrali tizim asosida o‘tkaziladi. Ko‘plab davlatlarda esa chempionat bahslari 2 davrali tizim asosiga qurilgan. O‘zbekistonda ham shu tizimga qaytilgani ijobiy holat bo‘ldi.

-  Yangi mavsumda “Navbahor”ning oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

-  O‘tgan yili klubimiz bronza medali sohibiga aylandi. Yangi mavsumda esa marrani yanada balandroq olib, undan-da yuqoriroq o‘rinlar uchun kurash olib borish niyatidamiz. Buni amalga oshirish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Manba: PFL
Kiritildi: 11:12, 05.03.2019.
O'qildi: 2438 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик