Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Marko Milich: «Vodiy derbisi» o‘zgacha ruhda o‘tadi»

Marko Milich: «Vodiy derbisi» o‘zgacha ruhda o‘tadi»

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912” futbolchisi Marko Milich “Navbahor”ga o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Mavsumga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Tayyorgarliklar yakuniga yetdi. Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik deb o‘ylayman. So‘nggi yig‘in doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan 4:0, “Buxoro” bilan o‘yinda esa 1:0 hisobida g‘alaba qozondik. Hozirda Superliganing dastlabki turidagi o‘yiniga tayyorgarlik olib borilmoqda.

- Jamoada bu yil katta o‘zgarishlarga qo‘l urilmadi. Bu yilgi mavsumda jamoa oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?

- Nega endi? E’tiborga molik o‘zgarish bo‘ldiku, masalan Javohir Sidiqov “Paxtakor”ga o‘tdi., Darko Gojkovich Serbiyaga qaytib ketdi. Darvozabonimiz almashdi O‘tkir Yusupov “Navbahor”ga o‘tganidan yaxshi xabardorsiz.  Endilikda jamoa darvozasini serbiyalik posbon Boyan Knejevich qo‘riqlaydi. Aytishim mumkunki bu darvozabon nixoyatda tajribali va mahoratli posbon hisoblanadi. Boyan o‘tgan yilgi mavsumni Slovakiya chempionatida o‘tkazganini qo‘shimcha qilish joiz. Vazifalarga keladigan bo‘lsak jamoa oldiga kuchli beshlikka kirish vazifasi qo‘yilgan.

- Oxirgi vaqtlarda serbiyalik futbolchilarning yurtimiz klublaridagi soni ortib bormoqda.

Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

- O‘zbekistonlik futbol muxlislari serbiyalik futbolchilarga hurmat bilan qarashmoqda va ularga yaxshi munosabatda bo‘lishmoqda. Legioner sifatida ularga hurmat bilan qarash kerak. O‘tgan yili 15 ta, bu yil 12 ta serbiyalik futbolchilar o‘zbek jamoalarida faoliyat olib borishyapti. Hamyurtlarimning ham O‘zbekiston chempionatiga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligi sababli Superligada serb legionerlar ko‘payib bormoqda deb o‘ylayman.

- Superliganing dastlabki turida “Navbahor”ga qarshi bahs olib borasizlar. Ushbu o‘yindan qanday natija kutyapsiz?

- jamoamizning birinchi o‘yini “Navbahor”ga qarshi kechadi. Lekin hali Namangandagi o‘yingoh mavsumga tayyor emas ekan. Shuning uchun o‘yin qayerda o‘tishidan habarim yo‘q. O‘yin haqida nima desam bo‘ladi.

Bu derbi, vodiy derbisida hamma narsa bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham mavsumning dastlabki o‘yinida g‘alaba qozonishimiz nihoyatda muhim.  Shuning uchun o‘yinni o‘z foydamizga hal qilishimiz shart. Bo‘ o‘yinga bo‘lgan qiziqish nihoyatda katta. O‘ylaymanki stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyuradi.

- O‘zbekistonda to‘liq bir yil o‘ynadingiz. Futbolimiz haqidagi taassurotlaringiz qanday, yurtimizda millionlar o‘yinini yanada rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerak?

- Taassurotlarim juda yaxshi. Mamlakatingizda tezkor futbolni yaxshi ko‘rishadi va yaxshi o‘ynashadi. Jamoalardagi tezlik juda yaxshi lekin, taktikaga yanada ko‘proq e’tibor qaratish kerak deb o‘ylayman. Albatta Yevropa futboli o‘ziga hosligi bilan Osiyo futbolidan ajralib turadi. Yurtingizda Yevropacha futbol ko‘rsatishga intilishni sezish mumkin.

- Himoyachi sifatida hujumchilarimizga qanday baho berasiz?

- O‘zbekistonda mahoratli ijrochilar yetarli. Hujumchilaringiz ancha tezkor faqat ular o‘z ustlarida ko‘proq ishlashlari va mahoratlarini yanada oshirib borishlari lozim. Lekin, o‘ylashimcha jamoalaringizda himoyaga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Extimol shuning uchun Serbiyadan ko‘proq himoyachilar taklif etilayotgandir. Masalan bir vaqtlar “Navbahor”da Bubanya, Panin kabi himoyachilar o‘ynaganku.

- O‘zbek va serb futbolidagi moliyaviy imkoniyatlarni taqqoslay olasizmi?

- Taqqoslaydigan darajada katta farq yo‘q. Bu kabi masalalarga ko‘p ham e’tibor qaratmayman. Chunki muhimi pul emas. Menga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda maosh to‘lashadi. Bu meni qoniqtiradi.

- O‘zbekcha so‘zlashishni ham o‘rganyapsizmi. Yurtimizda sizga nima ko‘proq manzur bo‘lmoqda?

- Albatta imkon qadar o‘zbekcha so‘zlashishni o‘rganishga harakat qilyapman. Bu yerda menga o‘zbeklarning mehmondo‘stligi, ochiqko‘ngil ekanligi, samimiyati bilan birgalikda milliy taomlaringizdan palov nihoyatda manzur bo‘ldi. Shu o‘rinda buyuk o‘zbek xalqiga muvaffaqqiyatlar va yangidan yangi yutuqlar tilab qolaman.

Manba: ASR
Kiritildi: 12:17, 05.03.2019.
O'qildi: 2082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.