Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

PFL ayollar futbol jamoalarini badal pullaridan ozod qiladi

PFL ayollar futbol jamoalarini badal pullaridan ozod qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Coca Cola kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan Professional futbol ligasi Superliga klublari uchun navbatdagi yengillikni yaratishga qaror qildi. Sir emaski, Superliganing 2019 yilgi mavsumi 8 mart sanasidan start oladi.

8 mart qanday kun ekani barchaga ma’lum. 2018 yilgi mavsumda Superliga klublari asosiy jamoa uchun 500 million so‘m, ayollar va futzal jamoalari uchun esa 50 million so‘mdan badal puli to‘lagan. PFL 2019 yilda bu summani oshirmaslikka qaror qilgandi. Endi esa uni kamaytirish yo‘liga o‘tadi. Birinchi galda ayollar futbol jamoalari uchun badal pullari bekor qilinadi.

“Pepsi bilan kelishuv bizga katta yordam berdi. U orqali bir qator muammolarimizni yechishga harakat qildik. Endi esa qadamni yanada jiddiyroq tashlash imkoniyati tug‘ildi. Coca Cola bilan homiylik bizga o‘z maqsadlarimiz sari yanada tezroq qadam bosish uchun turtki bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, boshlanishiga ayollar futbol klublarini badal pullaridan ozod qildik”, — dedi bu haqda Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov.

“Bu bilan to‘xtab qolish niyatimiz yo‘q. Boshlagan ishimizni davom ettira olsak, kelasi mavsumdan endi badal pullarini kamaytirish, ba’zi klublarni umuman badal pullaridan ozod qilishgacha borishimiz mumkin. Biz klublarga o‘z aravasini bosqichma-bosqich o‘zi torta olish yo‘lida ham o‘rnak bo‘lishni istaymiz”, — deb so‘ziga yakun yasadi Omon G‘ofurov.

Ma’lumot uchun, PFL bunga qadar hakamlar, inspektorlar va komissarlarning klublar bo‘ynida bo‘lgan chiqimlarini ham o‘z gardaniga olgandi. Shuningdek, joriy mavsum PFL Superliga klublari futbolchilarining 10 millionlik sug‘urta polislari xarajatlarini ham o‘z yonidan to‘lab beradi.

Manba: PFL
Kiritildi: 16:37, 05.03.2019.
O'qildi: 1841 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.