"Real" sardori Serxio Ramos Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida "Ayaks"ga qarshi bo‘lib o‘tgan javob o‘yinini tribunadan turib kuzatishga majbur bo‘ldi. Boisi, u dastlabki o‘yinda ataylab musobaqadagi uchinchi sariq kartochkani olib, diskvalifikasiyaga uchradi.
Fursatdan foydalanib, futbolchi o‘zi haqida ishlanayotgan hujjatli filmning bir qismini suratga olishga ruxsat berdi. Uning VIP-tribunadagi holatini o‘yin davomida 3ta kamera suratga oldi.
Ammo uchrashuv davomida Ramosning kayfiyati buzildi. Boisi, «Real» o‘z maydonida "Ayaks"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.