Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futbol olamidagi eng omadsiz transferlar

Futbol olamidagi eng omadsiz transferlar

Baho:
+ | -

Zlatan Ibrahimovichning transferi uchun «Barselona» 70 million sarflagan edi. Oqibatda, futbolchi Messi bilan chiqisha olmadi va 24 million evaziga «Milan»ga o‘tib ketdi. Futbol olamida tez-tez uchrab turadigan bunday transferlar haqida qisqacha.

Jo

Moskvaning «SSKA» jamoasi safidagi ajoyib o‘yinlari evaziga ancha-muncha «sovchilar»
orttirgan braziliyalik hujumchini «Man Siti» o‘sha davr uchun rekord summa hisoblangan 24 million yevroga harid qiladi. Uning sermahsuligiga umid qilgan Shayx Mansurning pullari havoga uchib ketadi. Sababi, Jo 4 mavsum davomida atigi bir bor darvozani ishg‘ol qilishning uddasidan chiqadi. Hozirgi kunlarimizga qadar bu transfer klub tarixidagi eng omadsizi deya hisoblanadi.

Gaizka Mendiyeta



«Valensiya» klubi safidagi fantastik o‘yinlaridan so‘ng, futbolchi uchun qattiq kurash boshlanib ketdi. O‘sha davrlarda «A Seriya» klublari gegemonlik qilardi. Futbolchi uchun kurashda ham Rimning «Lasio» klubi g‘olib chiqadi. O‘sha davrlar uchun shunchaki daxshatli summa - 48 million yevro evaziga futbolchini harid qilgan «Burgutlar» o‘z tarixidagi eng omadsiz transferni amalga oshirishadi. Mendiyeta klub uchun atigi 20 ta o‘yinda maydonga tushadi va bir nechtagina gollar uradi. Keyinchalik, «Lasio» muxlislarning noroziligi evaziga uni 2 millionga  sotib yuboradi.

Fernando Torres


Roman Abramovich tomonidan harid qilingan Ispaniyalik hujumchi «Chelsi»ning eng omadsiz haridi sifatida tarixda qolishi aniq. U uchun to‘langan 59 million yevro uvol ketdi. Futbolchi o‘z imkoniyatlarining 10 dan birini ham namoyon eta olmadi. O‘sha davrlarda londonliklar saviyali hujumchiga juda muhtoj edilar. Shu sabab, katta umidlar bilan harid qilingan Fernando ishonchni oqlay olmadi…

KAKA


«Oltin to‘p» sovrini egasi, Jahon chempioni, ECHL g‘olibi, Klublar o‘rtasida jahon chemponi, bir necha bor «Skudetto» sovrindori… Futbol ortidan shuncha yutuqlarga ega bo‘lishga ulgurgan KAKA «Milan»dan «Real Madrid» safiga o‘tgach, o‘z soyasida qolib ketdi. Uning fantastik reydlari, ajoyib jarima zarbalari hamma-hammasi qayergadir yo‘qolib qolganday… Kaka qanchalik urinmasin, jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi va 65 million yevroning yarmini ham oqlay olmadi… Keyinchalik esa, «Milan»ga bepul o‘tadi, ammo u yerda ham hech narsa qila olmaydi.

Endi Kerroll



Xali to‘liq yulduzga aylanmagan yigitchaning transferi uchun «Liverpul» qo‘rqmasdan 44 million sarflaydi. Afsuski, Kerrol 50 ta uchrashuvda atigi 8 bor darvozani ishg‘ol qiladu. Bu Trasnfer ortidan «qizillar» Fernando Torresning o‘rnini to‘ldirmoqchi edilar ,ammo bu reja amalga oshmadi.

Yuqorida keltirilgan futbolchilar futbol olamida ancha mashhur bo‘lishgani sababli harid qilingan. Kerrol esa deyarli o‘rtacha saviyadagi futbolchi edi va shundayigicha qolib ketdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:01, 06.03.2019.
O'qildi: 15430 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.