O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida 2020 yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Guruhimizdan Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari joy olgan bo‘lib, guruhdagi o‘yinlarning barchasi poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Ammo Pokiston olimpiya terma jamoasi mazkur saralash bahslarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Endilikda vakillarimiz joylashgan "F" guruhida 3ta terma jamoa Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. O‘yinlar 22-26 mart kunlari oralig‘ida "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Saralash bahslarining yangi taqvimi quyidagicha ko‘rinish oldi:
"F" guruhi
22 mart, 17:00
O‘zbekiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)
24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)
26 mart, 17:00
O‘zbekiston - Tojikiston ("Paxtakor" stadioni)
Gvardiol «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasida tanlov qildi [6854]
«Manchester Siti» Gvardiolaning ortidan Xolandni ham yo‘qotishi mumkin [4980]
Reshfordning kelajagi kutilmaganda o‘zgardi [3410]
«Real» ingliz klubi yulduzi uchun 93 million yevro to‘lashni istamayapti [3256]
Tezkor xabar: «Real» Mark Kukurelya transferini hal qildi [2890]
«PSJ» «Arsenal» yarim himoyachisini 150 million yevroga sotib olishga tayyor [2493]
Vilyam Saliba Yevropaning ayni damdagi eng kuchli jamoasi nomini aytdi [2251]
Germaniya — Kyurasao uchrashuvida jahon chempionatlari tarixidagi rekord qayd etildi [2237]
JCH-2026. Avstraliya - Turkiya - 2:0 (Videosharh) [1950]
Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasining JCHdagi sensasion mag‘lubiyatiga izoh berdi [1831]













