Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Sharof Muhitdinov: Sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqchimiz»

Sharof Muhitdinov: Sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqchimiz»

Baho:
+ | -

“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Sharof Muhitdinov mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Yangi mavsumga qanday hozirlik bilan kelyapsiz? Umuman olganda bu mavsumdan nima kutayabsiz?

- Jamoamiz anchadan buyon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Mana biz ham kuni kecha OTJdagi yig‘inimizni yakunlab jamoamiz safiga kelib qo‘shildik. Jamoamizdagi muhit a’lo darajada. Bu yil ham jamoadoshlarimiz bilan birgalikda sovrinli o‘rinlar uchun kurashamiz.

- Mana siz OTJ bilan birga o‘quv mashg‘ulot yig‘inida birga bo‘ldingiz, u yerdagi mashg‘ulot bilan klub mashg‘uloti o‘rtasidagi farq nimada?

- Har bir murabbiyning o‘z uslubi bor. Har ikkala murabbiydan ham kerakli saboqlarni olib yaxshi futbolchi bo‘lishga harakat qilaman. OTJ bilan birga ham yaxshi yig‘in o‘tkazdik. Yig‘in doirasida bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilindi.

- O‘zingizni jismoniy qanday holatingizni qanday baholaysiz?

- Jismoniy holatim ancha yaxshi. O‘z o‘yinlarim bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman.

- Jamoada qaysi futbolchi bilan ko‘proq harakatlaringiz bir biriga mos keladi ya’ni siz bilan kim yaxshi «tandem» bo‘ladi oladi?

- Aynan kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman. Chunki ko‘pchiligi bilan birga o‘sganman va ular bilan anchadan buyon bir maydonda to‘p suraman.

- Jamoa sezilarli darajada yoshardi. Superliga jamoalari tarkibida tajribali futbolchilar, legionerlar mavjud. Bu sizni cho‘chitmaydimi?

- To‘g‘ri jamoamiz yosh lekin bu bizni tashvishlantirmaydi. Chunki yuqorida aytib o‘tganimdek jamoadoshlarimni ko‘pchiligi bilan anchadan buyon birgamiz. Jamoadoshlarim yosh bo‘lishiga qaramay siz yuqorida aytib o‘tgan futbolchilardan qolishmaydi”, - deydi Sharof Muhitdinov.

Manba: Stadion
Kiritildi: 20:18, 06.03.2019.
O'qildi: 1615 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.