Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

“Manchester Yunayted”da o‘ynamayman, tamom!

“Manchester Yunayted”da o‘ynamayman, tamom!

Baho:
+ | -

Bu klub o‘zining ohangrabosi bilan dunyoning manaman degan yulduzlarini o‘z safiga tortib turishi hech kimga sir emas. Shunga qaramay shunday futbolchilar borki o‘z vaqtida Aleks Fergussonga ham yo‘q deya olishgan. “Qizil iblislar” o‘z futbolchilarini qanday ardoqlashi va katta maosh berishiga qaramasdan, bu klubda o‘ynashdan bosh tortganlar ham yo‘q emas.

Patrik Klyuvert

Patrik avvaliga “Ayaks” tarkibida ajoyib 3 mavsumni o‘tkazadi va “Milan” safiga borib qo‘shiladi. Afsuski, hujumchi Italiyada o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘yadi. Shunga qaramasdan 1998-yilda bo‘lib o‘tgan Mundialdagi o‘yinlari orqali Klyuvert o‘z formasini tiklab oladi va “Manchester Yunayted”ning etiborini tortadi. Ish shuqadar cho‘qirlashadiki, Boss uni xarid qilishlarini rahbariyatdan talab qiladi. Avvaliga Klyuvert rozi bo‘ladi. Shartnoma imzolashga oz qolgan bir vaqtda esa, birinchi ustozi: Lui Van Gal dan taklif tushadi. Hujumchi o‘ylab o‘tirmay Katoloniyaga uchib ketadi va o‘sha kuniyoq shartnomaga imzo chekadi.

Klyuvertning  amalga oshmagan transfer haqida aytgan iqtiboslaridan birini keltiramiz.

“Qizil iblis”ga aylanishimga oz qolgan edi. Men bilan shaxsan Fergussoning qiziqib qolganini xaqida kelajakda nabiralarimga aytib beraman!

Tomas Myuller

2014-yilgi JCH dan so‘ng “Manchester Yunayted” postiga kelgan Lui Van Gal Myullerni “Qizil iblislar” safiga qo‘shib olish ishlarini boshlab yuboradi. Deyarli 1 oy davom etgan muzokaralarda "Manchester" va "Bavariya" o‘zaro kelishib ham olishgan edi. Transfer o‘shа paytlar  rekord summa - 85 million yevroga baholangandi. Keyinchalik "Manchester" transfer summasini 100 milliongacha ko‘targaniga qaramasdan, Myuller o‘z klubida qolishni istadi.

Keyinchalik, qahramonimiz o‘z intervyularidan birida o‘z kuchini APL da sinab ko‘rmaganidan gohida afsuslanishini yashirib o‘tirmagan. “Men dunyodagi eng katta maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishim hech gap emas edi. Afsuslanishdan endi foyda yo‘q, oldinga qaram harakat qilishda davom etaman…”

Karim Benzema

Bu futbolchi bilan “Manchester Yunayted” 3 bor shartnoma tuzishga uringan va har safar niyatiga yeta olmagan desak, adashmagan bolamizyu Avvaliga, 2009-yilda song 2016-yilda  hujumchi uchun kurashni boy bergan “Qizil iblislar” keyinchalik 2018-mavsumda bu ishga yana bir bor urinib ko‘rishdi. Bu safar ham, aynan futbolchining o‘zi klubdan ketishni istamadi.

Futbolchi ushbu transferning amalga oshmagani haqida hech qachon afsuslanmasligini, uning yuragida faqat “Real Madrid” uchun joy bor ekanligini ko‘p bor ta’kidlagani taxsinga sazovvor!

Ariyen Robben

Bu malumotni ko‘pchilik bilmasa kerak. 2003-yilda Robben “PSV” klubi sharafini himoya qilib yurgan paytlari Aleks Fergusson uni kechki ovqatga taklif qiladi. O‘zaro suhbat juda uzoqqa cho‘ziladi va tomonlar og‘zaki kelishuvga erishadi. Songgi soniyalarda "PSV" va futbolchi uchun Roman Abramovich tomonidan taklif etilgan summa hammasini o‘zgartirib yuboradi va Robben “Chelsi”ga otib ketadi. Keyinchalik Lui Van Gal uni xarid qilishga yana bir bor urungan bo‘lsada, murabbiy istagan transfer amalga oshmay qoldi.

Robben esa o‘z intervyularidan birida : “Men bu klubni doim hurmat qilganman va hurmat qilaman. Afsus, bu klub libosini kiyish menga nasib etmadi ammo, kariyeram ortidan erishgan sovrinlarimga qarasam, ancha yengil tortaman” degan edi.

Ronaldinyo

“Meni Manchester Yunaytedga o‘tishimga atigi 36 soat ajratib turgan yedi. Biz deyarli shartnoma bandlarini kelishib olishga ham ulgurgan edik.

O‘sha kuni menga Sandro Rossel qo‘ng‘iroq qildi va “Barselona” vitse prezidenti bo‘lganini xabar qildi. Unga agar lavozimni egallasa, klubiga o‘tishgan va’da bergan edim va va’damning ustidan chiqdim” Bu futbol afsungarining ushbu transferga oid eng mashhur iqtiboslaridan bir edi.

Darhaqiqat, Roni Bekhamning o‘rnini egallashi kutilayotgan edi. Uning “Barselona” safiga o‘tib ketganidan xabar topgan Fergi bobo majlislar zalida  rahbariyatga boshqa futbolchi Beksning o‘rnini bosa olmaydi deya qizishgancha xonadan chiqib ketgan ekan. 

Roni agar APLga o‘tganida uzoqroq vaqt futbol o‘ynashi mumkin edimi? yana kim biladi deysiz?

Bu ro‘yxatga Beyl, Ramos, Toni Kroos singari futbolchilarni ham qo‘shishimiz mumkin edi ammo, ularning bu klubga o‘tishi uchun hali imkoniyatlari borligi sababli reytingimizga qo‘shmaslikka qaror qildik.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:02, 09.03.2019.
O'qildi: 23721 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.