Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘zbek futbolidagi kamchiliklarni ayta olgan Sanjar Quvvatov Worldnews’ning ilk mehmoni! (video)

O‘zbek futbolidagi kamchiliklarni ayta olgan Sanjar Quvvatov Worldnews’ning ilk mehmoni! (video)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi darvozaboni Sanjar Quvvatov Worldnews.uz axborot agentligining birinchi mehmoni bo‘ldi.

Qashqadaryolik darvozabon so‘nggi bor bundan 3 yil oldin OAVga intervyu bergan. Shu 3 yillik tanaffus vaqtida Sanjar Quvvatovda omadli va omadsiz o‘tgan kunlari bo‘ldi.

Quvvatov O‘zbekiston terma jamoasi bilan BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi musobaqasidan qaytib, “Nasaf” klubini tark etdi va yangi mavsumni “Paxtakor”da boshladi.

Worldnews.uz muxbiri Jahongir Sotvoldiyev O‘zbekistonda eng mashhur darvozabonlardan biri Sanjar Quvvatovni tahririyat studiyasiga chorladi. Sanjar Quvvatov intervyu davomida darvozabon Ignatiy Nesterov bilan raqobat, ko‘p yillik murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, terma bilan jahon chempionatiga borish orzusi, o‘zbek futbolidagi kamchiliklar, “Nasaf”dan ketish qanchalik qiyin, “Paxtakor”ga kelishi qanday oson bo‘lgani, shuningdek, tanqidchi muxlislar masalasida o‘z fikrlarini bayon etdi.

Worldnews.uz axborot agentligi bugun, 10 mart kuni Sanjar Quvvatov bilan uyushtirilgan videointervyuni Youtube’dagi rasmiy kanali va sahifasida taqdim etadi.

Demak, tez orada – Worldnews.uz’da Sanjar Quvvatov bilan katta va qiziq intervyuni tomosha qiling!

INTERVYUNING TIZER-TREYLERI

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 10:20, 10.03.2019.
O'qildi: 4668 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик