Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

APL. «Arsenal» «MYU»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa qaytdi

APL. «Arsenal» «MYU»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa qaytdi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 30-turi doirasida markazi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Shu paytgacha London jamoalariga qarshi safar o‘yinlarida faqat g‘alaba qozonib kelayotgan Selsher boshchiligidagi "Manchester Yunayted" klubi, bu safar "Arsenal" maydonida mag‘lubiyat alamini tortdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida qanotdan yetkazilgan uzatmaga Lukaku bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p to‘singa tegib qaytdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib mezbonlar hisobni ochishdi. Jaka 25 metrlardan yo‘llagan zarbani David de Xea qaytara olmadi.

Bahsning 19-daqiqasida darvoza ustuni "Arsenal"ni yana bir marta goldan qutqardi. Fred yo‘llagan zarbadan keyin to‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi. 36-daqiqada esa Romelu Lukaku ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Darvozabon yakkama-yakka vaziyatda uning zarbasini qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "MYU"ning belgiyalik hujumchisi tomonidan yo‘llangan xavfli zarbani yana bir marta Leno qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 68-daqiqasida Emeri shogirdlari qarshi hujumda penalti ishlashdi. Fred o‘z jarima maydonchasi ichida Lyakazettni yiqitdi. Penaltidan esa Obameyang samarali foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi.

Bahsning qolgan daqiqalarida "Arsenal" o‘yinni nazorat qildi va g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, "kanonirlar" jadvalda "MYU"ni quvib o‘tib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL, 30-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 12 Jaka, 2:0 – 69, penalti Obameyang.
Arsenal – Leno, Monreal, Kosyelni, Papastatopulos, Kolashinas, Remzi, Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Ivobi, 77), Obameyang (Denis Suares, 80), Lyakazett (Nketia, 86).
Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Smolling, Yang, Diogu Dalot (Marsyal, 71), Fred, Matich (Grinvud, 80), Pogba, Lindelef, Reshford, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (38), Matich (68), Pogba (76), Kolashinas (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:26, 10.03.2019.
O'qildi: 4594 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.