Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Fakt! AGMK 5 yildan buyon 1-turda g‘alaba qozona olmayapti

Fakt! AGMK 5 yildan buyon 1-turda g‘alaba qozona olmayapti

Baho:
+ | -

2008 yildan elitada qatnashayotgan jamoamiz bu yil 12-marta kuchlilar ligasida ishtirok etmoqda. Birinchi turda o‘z maydonida “Buxoro” bilan durangga imzo chekkan jamoamizning mavsumni ochib beruvchi o‘yinlari statistikasiga nazar solganimizda, AGMK 5 mavsumdan beri ilk turda g‘alaba qozona olmayotganligini ko‘rish mumkin.

Umumiy statistika bo‘yicha AGMK birinchi turni ko‘p hollarda safarda o‘tkazgan ekan. Jamoa uchrashuvlarini yillar bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.

2008 yil
Oliy ligada debyut qilgan AGMK birinchi turni o‘z maydonida o‘tkazib, G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasini yirik 3:0 hisobida dog‘da qoldirgan.

2009 yil
Bu mavsumni jamoamiz safarda Namanganda “Navbahor”ga qarshi o‘tkazib, 0:0 hisobida durangga erishgan. O‘z maydonidagi ilk o‘yinda esa Bekobodning “Metallurg” jamoasi 2:1 hisobida mag‘lub etilgan.

2010 yil
2010 yilgi mavsumda “Olmaliq” dastlabki ikki turni safarda o‘tkazgan. Ilk turda “Andijon”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchi turda Farg‘onada “Neftchi” 3:0 hisobida zafar quchgan. Uchinchi turda Olmaliqda mavsumni ochib bergan uchrashuv Muborakning “Mash’al” jamoasiga qarshi kechgan va bu bahsda hisob ochilmagan – 0:0.

2011 yil
Bu mavsumda jamoamiz dastlabki ikki turni o‘z maydonida o‘tkazgan. Dastlab “Neftchi” 2:1 hisobida dog‘da qoldirilgan. Ikkinchi turda “Paxtakor” Olmaliqdan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan.

2012 yil
“Olmaliq” bu mavsumda ham ilk turni o‘z maydonida “Neftchi”ga qarshi o‘tkazgan. Bu galgi to‘qnashuvda g‘olib aniqlanmagan – 0:0.

2013 yil
Jamoamiz elitadagi oltinchi mavsum ochilish uchrashuvida Qarshida “Nasaf”ga qarshi jangovor durang qayd etgan – 2:2. O‘z maydonida ikkinchi turda o‘tgan o‘yinda “Qizilqum” 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan.

2014 yil
Shu yildan jamoamiz uy uchrashuvlarini yangi barpo etilgan OKMK sport majmuasida o‘tkaza boshlagan. Dastlabki ikki turni o‘z maydonida boshlagan jamoamiz, dastlab “Metallurg”ni 3:2, ikkinchi turda “So‘g‘diyona”ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan.

2015 yil
2015 yilgi mavsumni jamoamiz safarda “Paxtakor”ga qarshi o‘yin bilan boshlagan. Poytaxtda o‘tgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. O‘z maydonimizdagi ilk o‘yin 2-turda “Nasaf”ga qarshi bo‘lib o‘tgan va qarshiliklar 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan.

2016 yil
Elitadagi 9-mavsumini “Buxoro”ga qarshi safarda o‘tkazgan jamoamiz 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Olmaliqdagi ochilish o‘yinida esa “Nasaf” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

2017 yil
Bu gal ham ilk turni “Olmaliq” safarda “Buxoro”ga qarshi o‘tkazgan va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. O‘z maydonida esa “Bunyodkor” bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan.

2018 yil
AGMK bu mavsumni ham safarda boshlagan. Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etilgan. O‘z maydonida 2-turda Namanganning “Navbahor” jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

2019 yil
Beshinchi marta mavsumni o‘z maydonida boshlagan jamoamiz ketma-ket beshinchi marta birinchi turda g‘alaba qozona olmayapti. 2014 yil OKMK sport majmuasi va mavsumning ochilish marosimida “Metallurg” dog‘da qoldirilgandi. Buxoroliklarga qarshi ilk turda uchinchi marta to‘qnash keldik. Va afsuski, bu gal ham bu jamoani mag‘lub eta olmadik.

Umumiy statistika
1-turda AGMKda 3 g‘alaba, 6 durang va 3 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 14:13.
Shundan o‘z maydonida 3 g‘alaba, 2 durang; safarda 4 durang va 3 mag‘lubiyat.

AGMKning o‘z maydonida o‘tkazgan ochilish o‘yinlari statistikasi esa quyidagicha: 6 g‘alaba, 4 durang va 2 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 16:10.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:12, 11.03.2019.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.