Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna 1-1 Vilyarreal
25/05 19:00 Nasaf 1-1 Dinamo
25/05 19:00 Paxtakor 1-1 Qizilqum
25/05 19:15 Real Sosyedad 0-2 Atletiko
25/05 21:00 Yuventus 2-0 Monsa
25/05 21:30 Almeriya 6-1 Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano 0-1 Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan 3-3 Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid 0-0 Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

Dunyoni hayratda qoldirgan «Kambeklar»

Dunyoni hayratda qoldirgan «Kambeklar»

Baho:
+ | -1

Futbolda g‘alaba qozonish doim yoqimli xolat ammo, hisobda orta qola turib o‘yinni o‘z foydasiga hal qilish bu ikki xissa yoqimli. Bugun aynan shunday tarzda qo‘lga kiritilgan eng mashxur o‘yinlar haqida so‘z boradi.

Qaytish

2005-yil.Evropa Chempionlar Ligasi. Final. Istanbul

«Liverpul» 3 : 3 «Milan»

O‘sha uchrashuv futbol olamini larzaga solgan edi. «Liverpul»  o‘shanda shunchaki mo‘’jiza ko‘rsatgan edi. «Liverpul» birinchi bo‘limda 3 to‘p o‘tkazib yuborgach, ikkinchi bo‘limda qandaydir 10 daqiqa ichida 3 ta gol urishini hech kim tasavvuriga ham sig‘dira olmagan bo‘lsa kerak. Stivin Jerardga: « Kariyerangizdagi eng muhim gol qaysi?» - deya savol berilganida, futbolchi o‘ylab o‘tirmay: «Istanbul finalidagi golim», - deb javob bergan edi. Yodingizda bo‘lsa, penaltilar seriyasida g‘olib chiqqan ingliz muxlisi stadionda sevimli klubining kubok  ko‘tarayotganini ko‘rib, ko‘z yoshlarini tiya olmay qolgandi.

O‘sha uchrashuvni sharhlagan Mirzahakim To‘xtamirzayevning ajoyib jumlasi butun umr quloqlarim ostida jaranglab tursa ajab emas…
«Liverpul» muxlisning ko‘zlaridagi yoshni ko‘rdingizmi? Bu sevinch ko‘z yoshlari! Axir, shu muxlislar emas edimi birinchi bo‘limdan so‘ng alamli nigohlar bilan «shalpangquloq»qa qarab qo‘ygan? Axir, shu muxlislar emasmidi 1-taym so‘ngida o‘z seviklilarining oxirigacha kurash olib borishlariga ishongan? Axir, shu muxlislar emasmidi 1 soat oldin mag‘lubiyatning ta’sirida ko‘z yosh to‘kayotgan?! Irodali g‘alaba muborak «Liverpul»!”

Fantastika

2011-12-yilgi mavsum.  APL. So‘nggi tur.

Manchester Siti 3 : 2 QPR

Bu uchrashuv muxlislar qalbida bir umr qolgan. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanayotganida tabloda hisob 1 : 2 ko‘rinishida edi va Siti chempionlikni boy berish arafasida turgan bir pallada avvaliga Djeko, so‘ng Aguero gol kiritib hisobni 3 : 2 ko‘rinishiga keltirishadi va 44 yil kutilgan chempionlikni azaliy raqiblari «Manchester Yunayted»dan tortib olishadi. Bu uchrashuvdan so‘ng APL shaydolari yer yuzida bir necha millionga ortgan bo‘lsa, ajab emas. O‘sha g‘alaba haqida nima deya olasiz? Deya Agueroga savol berilgan bir jurnalist shunday javob olgan ekan: « Bu men ko‘rgan o‘yinlar orasida eng yodda qolarligi bo‘ldi. Ushbu o‘yinda kiritgan golimni haligacha tushlarimda ko‘raman. Shunchaki fanstastika!»
Darhaqiqat, ushbu g‘alaba butun dunyoga  APLda yangi grand paydo bo‘lganini ko‘rsatib qo‘ydi. Shayx Mansur tomonidan moliyalashtirilayotgan klub o‘zining ilk mevasini aynan o‘sha kuni berdi va futbol tarixidan muhim joy egalladi!

100 soniya

1999-yil. Chempionlar Ligasi. Final.

«Nou Kamp» stadioni.  «Bavariya» 1 : 2 «Manchester Yunayted»

Fergi taym atamasini butun dunyoga mashxur qilgan tarixiy uchrashuv «Bavariya» uchun alamli mag‘lubiyat bilan yakunlangan edi. O‘yinning katta qismida hisobda oldinda borgan «Bavariya» asosiy vaqtda g‘alabaga yaqin turgan edi. Fergusson jangga tashlagan Sheringem va Sulsher «Bavariya»ning burni tagidan kubokni yulqib olishdi. Bekham tomonidan ijro etilgan ikkita burchak to‘pi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi va afsonaviy g‘alaba sifatida hammaning yodida qoldi!

Dahshatli to‘qnashuv

2016-yil. Evropa Ligasi.  

«Enfild» stadioni. «Liverpul» 4 : 3 «Borussiya Dortmund»

Bu ikki klub «Evropa Ligasi» musobaqasining play-off  bosqichida to‘qnash kelishadi. Dortmund shahrida kechgan uchrashuv 1 : 1 hisobida yakunlanadi. Javob o‘yini oldidan bir qarashda «Liverpul» fovoritdek ko‘ringan bo‘lishiga qaramasdan, raqiblar javob o‘yinini tezkor gollar bilan boshlashadi va tanaffusga 0 : 2( gollarni Mihitariyan, Abomiyang kiritadi) hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketadi.Ikkinchi bo‘lim boshidayoq Origi hisobni qisqartiradi va «Liverpul» muxlislari qalbida umid uchqunini alangalatadi. Kutilmaganda qarshi hujumga o‘tgan Roys hisobni 1 : 3 xolatiga keltiradi va deyarli o‘yin taqdirini hal qilganday tuyuladi. Buyog‘iga esa, hammasi huddi kinolarda bo‘ladigan senariy bo‘yicha ketadi. Koutino va Sakho hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 91-daqiqada Lovren g‘alaba to‘pini kiritadi va «Liverpul» keyingi bosqichga yo‘l oladi. Keyinchalik internet orqali muxlislar tomonidan o‘kazilgan so‘rovnomada ushbu o‘yin «Yilning eng tomoshabop uchrashuvi» deya e’tirof etiladi. O‘sha oqshom ushbu uchrashuvni jonli tomosha qilgan muxlislarning yodlaridan hech qachon chiqmasligi aniq!

Y. U.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:11, 11.03.2019.
O'qildi: 15973 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.