Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Pro-liga ishtirokchilari aniq bo‘ldi

Pro-liga ishtirokchilari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun PFL majlislar zalida Pro liga va PFL Kubogi musobaqasida qatnashadigan jamoalar rasmiylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Avval aytilganidek, bu yildan Pro liga ikki guruhga ajratiladi. «A» guruhi ishtirokchilari Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Tabiiyki, bu guruhda qatnashadigan jamoalarga talablar yuqori bo‘ladi. «B» guruh ishtirokchilariga esa, minimum talablar qo‘yilgan.

PFL bir jamoaga Pro liga «A» guruhiga imtiyozli yo‘llanma taqdim qilish maqsadida bu yildan PFL Kubogini o‘tkazadi. Musobaqada g‘olib chiqqan klub «A» guruhi ishtirokchilariga qo‘yilgan talablarni bajarmasada, 2019 yilgi mavsumni Pro liga «A» guruhida o‘tkazadi.

Pro liga «B» guruhida esa, PFLning minimum talablarini bajargan hamda PFL Kubogida ishtirok etgan klublar (chempiondan tashqari) qatnashadi.

Aytish kerak, «Bunyodkor-2» Murod Otajonov murabbiyligida Pro liga «B» guruhida ishtirok etadi. Bundan tashqari, PFL Kubogida ham qatnashadi.

Quyida barcha musobaqa ishtirokchilari va formati bilan tanishtiramiz.

Pro liga «A» guruhi ishtirokchilari, jami 8ta: «Mash’al», «Neftchi», «Sho‘rtan», «Istiqlol», «Sherdor», «Xorazm», «Orol» va PFL Kubogi g‘olibi.

«A» guruhi jamoalari 4 davrali, uy-safar tizimida Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

PFL Kubogi. Ishtirokchilar soni 8ta: «Lokomotiv-BFK», «G‘ijduvon», «Zomin», «Iftixor», «Oq-tepa», «Yangiyer». «Bunyodkor-2» va «Rubin» konkrusdan tashqari. Ya’ni, bu ikki klubning har qanday natijasi inobatga olinmaydi. G‘olib Pro liga «A» guruhi yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Qolgan 7 jamoa «B» guruhiga yo‘l oladi. O‘yinlar olimpiya tizimida o‘tkaziladi.

Pro liga «B» guruhi ishtirokchilari, jami 14ta: «Andijon-2», «Rash-Milk», «Zarbuloq», «Ittifoq-Navoiy», «R.Madaminov», «Turon». «Zarangar» va «Ittifoq-Buxoro» o‘zaro pley-off o‘yinini o‘tkazadi. G‘olib «B» guruhdan joy oladi. Yana 7 jamoa PFL Kubogi ishtirokchilari bo‘ladi.

«B» guruhi jamoalari 2 davrali, uy-safar tizimida maydonga tushishadi.

Pro ligada o‘yinlar haftaning chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Bunyodkor-2» so‘nggi marta 2015 yilgi mavsumda O‘zbekiston Birinchiligida (1-liga) ishtirok etgan edi

Manba: www.fcbunyodkor.com
Kiritildi: 18:00, 12.03.2019.
O'qildi: 3377 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик