Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ektor Kuper: «Bor kuchimizni Jahon chempionatiga chiqish uchun sarflaymiz»

Ektor Kuper: «Bor kuchimizni Jahon chempionatiga chiqish uchun sarflaymiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“China Cup-2019” xalqaro musobaqasi biz uchun Jahon chempionati saralashiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Bu musobaqada kuchli jamoalar ishtirok etishadi. 8 kun davomida 2ta o‘yin o‘tkazamiz. Tarkibida Luis Suares, Diyego Godin, Edinson Kavani kabi kuchli futbolchilari bor Urugvayga o‘xshash terma jamoalarga qarshi o‘yin o‘tkazish biz uchun juda foydali. Asosiy maqsadimiz terma jamoa o‘yinini kuchaytirib borish. Osiyo Kubogidan tegishli xulosalar chiqardik. To‘g‘ri, nimchorak finaldan ortga qaytishga majbur bo‘ldik. Bu mening aybim deb bilaman. Lekin jamoa o‘yini menga maqul keldi. O‘yinimizda o‘sishni kuzatyapman. Futbolchilarim Urugvay bilan ham xuddi Osiyo Kubogida Avstraliya bilan o‘ynagandek o‘yin namoyish qilishlarini istayman.

Terma jamoada tayyorgarlik uchun hamisha vaqt kam bo‘ladi. Biz shundan kelib chiqib reja tuzamiz. O‘quv mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish juda muhim. Masalan, Osiyo Kubogi oldidan Turkiyada o‘tkazilgan yig‘in biz uchun juda foydali bo‘ldi. O‘yinimiz avvalgiga nisbatan yaxshi tomonga o‘zgardi.

Biz Xitoydagi musobaqaga Olimpiya terma jamoa a’zolaridan ham bir necha nafar futbolchini olib ketmoqchi edik. Ammo ularning oldida muhim saralash o‘yinlari turgani sababli olimpiya terma jamoasi a’zolarini bezovta qilmaslikka qaror qildik. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini ajoyib murabbiy boshqarmoqda. Biz u bilan ko‘rishib, fikr almashib oldik. Lyubinko Drulovich ispan tilini biladi. Shu sababli u bilan tarjimonsiz, bemalol gaplashdik. Biz muntazam ravishda yosh futbolchilarni tarkibga jalb qilib boramiz.

Hozirda bor kuchimiz, bor diqqat-e’tiborimiz Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga qaratilgan. O‘zbekiston terma jamoasi bilan biragalikda, Osiyo Kubogida qatnashgan terma jamoalarning ham o‘yinini tahlil qilib bormoqdamiz. Jahon chempionati saralashida yana ularga duch kelishimiz mumkin. Aytishim mumkinki, agar birgalikda bir jamoa bo‘lib harakat qilsak, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi Osiyo grandlarini mag‘lubiyatga uchrata olamiz. Faqat bunga avval o‘zimiz ishonishimiz kerak.

Terma jamoa o‘yinlarini mening yordamchilarim tahlil qilishadi. Albatta, ular statistik ma’lumotlarni olishda turli dasturlarga, internet saytlariga murojaat qilishadi. Lekin tahlil davomida quruq raqamlar bilan chegaralanmasdan, insoniylik omiliga ham e’tibor qaratish kerak. Futbolchining vatanparvarligi, maydonda borini berib harakat qilishi, ishtiyoqi va jonbozligi ham muhim o‘rin tutadi. Men hozirda bir kitob o‘qiyapman. U yerda aytilishicha, yana 50 yildan keyin murabbiylar xonadan chiqmasdan turib turli texnolgiyalar yordamida futbolchilarni boshqarishlari mumkin deya fikr bildirilgan. Bilmadim, balki bu kelajakda amalga oshar. Ammo men jonli muloqotni ma’qul ko‘raman.

O‘zbekistonda yarim yildan ko‘proq vaqt davomida yashayapman. O‘zbek futboli bilan yaqindan tanishib, shunday xulosaga keldimki, bu yerda kuchli futbolchilar ko‘p. Ular bemalol Yevropa klublarida o‘ynab keta olishadi. Faqat ular o‘z ustilarida ishlab, ko‘proq mehnat qilishlari kerak. Shundagina, ham o‘zlari uchun, ham terma jamoa uchun foydali bo‘ladi”, - dedi Ektor Kuper.


Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:49, 14.03.2019.
O'qildi: 5101 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.