Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Qarshi shahrida hududiy futbol assosiasiyalari vise-prezidentlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Qarshi shahrida hududiy futbol assosiasiyalari vise-prezidentlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasining “Futbolni rivojlantirish departamenti” tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol assosiasiyalarining Birinchi vise-prezidentlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.    Yig‘ilishning asosiy maqsadi hududlardagi mavjud kamchiliklar va ehtiyojlardan kelib chiqib, respublikamizda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari strategiyasini joriy etishdan iborat. Shuningdek, yig‘ilish davomida har bir mahallada futbol maydoni tashkil etishda hududiy futbol assosiasiyasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish yo‘lida viloyatlardagi korxona va tashkilotlar, MCHJ va DUKlar hamda turli soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasini tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek, mahallalararo musobaqalarni yanada yuqori saviyada tashkil qilish, hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilarining kelajakdagi taqdiri yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, masalalari muhokama qilindi.   Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol assosiasiyalarining Birinchi vise-prezidentlari Qarshining “Nasaf” klubiga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan infratuzilma bilan yaqindan tanishib chiqishdi.  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:29, 15.03.2019.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик