Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-0 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Zidan «Real»ga qaytishini g‘alaba bilan nishonladi

Zidan «Real»ga qaytishini g‘alaba bilan nishonladi

Baho:
+ | -

 Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Selta"ni qabul qildi. Zidan jamoani qabul qilib olganidan keyin Isko, Asensio, Beyl, Marselo va Navas asosiy tarkibga qaytardi.

O‘z navbatida bu futbolchilar katta ishtiyoq bilan o‘ynab, murabbiyning ishonchini oqlashga harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa Zidan jamoasi g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Dastlab Modrich olis masofadan zarba berib, hisobni ochgandi. Ammo ofsaydda turgan Varan darvozabon nigohini to‘sgani uchun VAR golni bekor qildi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Marseloning uzatmasidan keyin Isko yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. 77-daqiqada esa Beyl yakkama-yakka vaziyatga chiqib, qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi — 2:0.

Shu tariqa, Zidanning "Qirollik klubi"ga qaytishi muvaffaqiyatli chiqdi. Jamoa o‘z ochkolarini 54taga yetkazib, 2-o‘rindagi "Atletiko"dan 2 ochko ortda qolmoqda. Simeone jamoasi tur bahsini bugun Bilbaoda "Atletik"ga qarshi o‘tkazadi.

Ispaniya La ligasi, 28-tur
Real Madrid – Selta 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 62 Isko, 2:0 – 77 Beyl.
Real Madrid – Navas, Marselo, Varan, Ramos, Odriosola, Kroos, Isko (Sebalyos, 63), Asensio, Modrich (Valverde, 77), Beyl, Benzema (Dias, 82).
Selta – Blanko, Junka (Xudt, 4), Arauxo, Vaskes, Kostas, Yokushlu (Beltran, 75), Brais Mendes, Lobotka, Bufal (Yulsager, 68), Sisto, Maksi Gomes.
Ogohlantirish: Beyl (45).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:08, 16.03.2019.
O'qildi: 4430 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик