Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Abbos G‘ulomov: «Eng katta orzuyim «Navbahor» bilan chempion bo‘lish»

Abbos G‘ulomov: «Eng katta orzuyim «Navbahor» bilan chempion bo‘lish»

Baho:
+ | -

“Navbahor” tarkibida Superliganing 1-turida maydonga tushgan Abbos G‘ulomov yangi mavsum haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. 

- O‘zingiz haqingizda biroz to‘xtalib o‘tsangiz. 

- Men 1998 yil 5 iyul kuni Pop tumanining Uyg‘ur qishlog‘ida tug‘ilganman. Yoshlikdan futbolga qiziqib, bir kun albatta futbolchi bo‘lishni orzu qilardim. Orzularim ushalib “Navbahor” asosiy tarkibida to‘p surishga muyassar bo‘lyapman. Eng katta orzularimdan biri albatta “Navbahor” bilan chempion bo‘lish. 

- Popdan so‘nggi yillarda futbolchilar chiqmayotgandi. Biz hozirgacha Isroil Ergashev, Aziz Turg‘unboyev va Botirali Ergashevni bilardik, xolos.

- Popda ham iqtidorli yoshlar ko‘p. Faqat seleksionerlar izlanishda davom etishi kerak. Aziz Turg‘unboyevni o‘z akamdek ko‘raman. Mavsumni birga boshlashni kutgandim. Ammo voqealar biz kutgandek bo‘lmadi. Nachora, Turg‘unboyev endi 9 iyuldan boshlab jamoamizga qo‘shiladi. 

- O‘tgan yili "Sho‘rtan” safida o‘ynadingiz...

- Shu o‘rinda men “Sho‘rtan” jamoasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘taman. G‘uzor jamoasi menga tramplin vazifasini o‘tab berdi, deyishim mumkin. Shuningdek, menga ishonch bildirgan, o‘tgan mavsum “Sho‘rtan”ni boshqargan Yorqin Nazarovga ham rahmat aytaman.

- Yangi mavsumda oldingizga qanday maqsad qo‘ygansiz? 

- Yangi mavsumdan umidim katta. Xudo xohlasa, chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib, jamoamning g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. 

- Dastlabki turda g‘alaba qozonish uchun jamoaga nima yetishmadi? 

- To‘g‘risi, omadimiz kelmadi. Agarda ikkinchi golni kirita olganimizda hozir uch ochko egasi bo‘lardik. Futbolda omad kelmasa ham qiyin. 

- “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yiningizdan qanchalik qoniqdingiz?

- Ko‘rsatgan o‘yinimdan qoniqish hosil qilmadim. Futbolchi hech qachon ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqmaydi. Dastlabki uchrashuvim bo‘lganligi bois biroz hayajonlandim. O‘ylaymanki, keyingi bahslargacha o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, chiroyli o‘yinlar ko‘rsatishga harakat qilaman.

- “Navbahor” 30 mart kuni poytaxtda “Lokomotiv” mehmoni bo‘ladi. Bu o‘yinda “lochinlar” ijobiy natija qayd eta oladimi?

- Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. G‘alaba orqaligina muxlislarimiz yuzini yorug‘ qilishimiz mumkin. Olamdan o‘tgan ikki nafar ishqibozimizni Xudo rahmatiga olgan bo‘lsin. Ular uchun ham yutishimiz kerak!

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- Muxlislarimiz doim sog‘-salomat bo‘lishsin. Safar o‘yinlarida ham bizni yolg‘iz qoldirmayotganliklari uchun tashakkur bildiraman. Ular O‘zbekistonda yagona. Faqat ular uchun o‘ynaymiz.

Manba: Stadion
Kiritildi: 10:39, 18.03.2019.
O'qildi: 3298 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.