Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Bunyodkor» Krasnodardagi xotira turinirini mag‘lubiyat bilan boshladi

«Bunyodkor» Krasnodardagi xotira turinirini mag‘lubiyat bilan boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning Krasnodar shahrida Sergey Igorevich Vaxrushev xotirasi uchun VIII xalqaro turnir start oldi.

Musobaqada 2003 yilda tug‘ilgan bolalardan iborat jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Turnirdagi ilk uchrashuvini Moskvaning “Chertanovo” futbol akademiyasi jamoasiga qarshi o‘tkazgan “Bunyodkor” nafaqat g‘alabani, balki durangni ham qo‘ldan chiqardi.

Avvaliga Rahmonaliyev va To‘xtasinovning gollari sababli “qaldirg‘ochlar” hisobda oldinga chiqib olgan edi. Ammo o‘z irodasini namoyish qilgan “chertanovslar” Levinning dubli va Yakimenkoning goli evaziga mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirishdi - 3:2.

“Bunyodkor” ertaga guruhdagi ikkinchi uchrashuvini “Dinamo-Minsk”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 14:15da start oladi.

XOTIRA TURNIRI

“Chertanovo” (Moskva, Rossiya) – “Bunyodkor” (Toshkent, O‘zbekiston) – 3:2

Gollar: Levin (2ta), Yakimenko – Rahmonaliyev, To‘xtasinov.

19 mart (seshanba)

14.15 “Bunyodkor” (Toshkent, O‘zbekiston) – “Dinamo-Minsk” (Belarus)

Manba: www.fcbunyodkor.com
Kiritildi: 12:17, 19.03.2019.
O'qildi: 1904 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик