Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Olimpiya terma jamoamiz uzoq safar oldida

Olimpiya terma jamoamiz uzoq safar oldida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor,  O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionati uchun (22-26-mart oralig‘ida) Toshkent mezbonlik qiladigan saralash uchrashuvlarida ishtirok etishadi. To‘g‘risi, Drulovichdan shaxsan o‘zim Olimpiyada yo‘llanmasini kutyapman. Ushbu murabbiy - o‘zbek  futbolida yangi sahifa ochishga qodir murabbiy. Bugun Drulovich qo‘l ostidagi Olimpiya terma jamoamiz haqida so‘z boradi!

Toshkentdagi saralash baxslari

22-martda start oluvchi saralash baxslarini ko‘plab muxlislarimiz katta qiziqish bilan kutishmoqda. Yangi murabbiy o‘zbek futboliga Yevropa futboli havosini olib kirishidan umidvormiz. Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tuvchi saralash baxslari OTJmiz uchun umid qilamizki, hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Raqiblarimiz Tojikiston va Hindiston olimpiya termalaridan (nasib qilsa) o‘tsak, bizni Tailandda bo‘lib o‘tadigan « Tokio -2020» olimpiyada yo‘llanmasini beruvchi qit’a chempionati kutib turibdi.

Lyubinko Drulovich

Darhaqiqat, ushbu murabbiy olimpiya terma jamoamizga murabbiy etib tayinlanganida u haqida ma’lumot yig‘ish davomida ko‘plab qiziqarli faktlarga ko‘zim tushgan edi. Asli Serbiyalik bo‘lgan murabbiyimizning asosiy faoliyati Portugaliyada o‘tgan. Murabbiylik borasida ham Portugaliyada saboq olgan Drulovich o‘z jamoalarida ham ushbu yurt futbolini targ‘ib qilishga urunadi. Qahramonimiz boshchiligida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Serbiya U 19 termasining o‘yinlarini ko‘rgan chog‘imda shuni sezdimki, Drulovich hujumni sevuchi murabbiy.

Uning uslubi texnik tomonlama kuchli futbolchilar yordamida hujumkor jamoa tuzish. Bu esa bizning futbol uchun qulay strategiya.

Hech kimga sir emas, o‘zbek futbolchilari jismoniy xolat borasida maqtana olishmasa ham, texnik tomondan istalgan raqib bilan bellasha oladi.

UFA Drulovich uchun hamma sharoitlarni yaratib bermoqda. Ispaniyada bo‘lib o‘tgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida esa bir nechta nazorat uchrashuvlari ham tashkillashtirdi. Toshkentga qaytgan olimpiya terma jamoamiz saralash bahslari boshlangunga qadar «Bunyodkor» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga ham ulgurdi.Tashkiliy ishlar borasida UFA o‘z vazifasini yaxshi bajarmoqda. Endilikda Drulovichdan ijobiy natijalar kutib qolamiz!

Tarkibdagi yetakchilar

Olimpiya terma jamoamizning xozirgi tarkibidagi bir nechta futbolchilarni alohida aytib o‘tmoqchi edim. Sababi, og‘ir vaziyatlarda termani «elkasida tortish» aynan shu yigitlar zimmasiga tushishi aniq.

Oston Urunov

O‘tgan mavsumda yilning eng yaxshilari qatorida e’tirof qilingan “Navbahor “ futbolchisi tarkibdagi chinakam yetakchi. U xalqaro tajribaga ega bo‘libgina qolmay, ichki chempionatimizda ham o‘yin ko‘rsatmoqda. Uning tug‘ma yetakchi (Lider) ekanligi kishini quvontiradi. O‘tgan mavsumda «lochinlar»safida  o‘ta ishonchli o‘yin ko‘rsatgan  futbolchimiz  Ektor  Kuper termasiga chaqrilishi kutilgandi ammo, Kuper uni kelajak uchun saqlab qo‘ydi. Oston terma jamoa darajasiga chiqib olishi uchun unga  2020-yildagi Olimpiyada yo‘lanmasi juda muhim sanaladi. Ishonamizki, Oston Urunov bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydi.

Bobur Abduxoliqov

Amaldagi turnir g‘olibi sanaladigan «Nasaf» futbolchisi bu tarkibda birinchi raqamli hujumchi sifatida qayd etilgan. Uning o‘z  imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsatishi va yangi darajaga chiqishi uchun Drulovich so‘nggi imkoniyat. Sababi, Abduxoliqov o‘z potensialini to‘liq namoyon etolmay yo‘q bo‘lib ketishi hech gap emas. O‘zbek futbolidagi og‘riqli nuqta bu futbolchimizga ta’sir etmaydi deb, hech kim kafolat beroa olmaydi. «Pele» laqabli futbolchimiz o‘z o‘yinini to‘liq ko‘rsatishi va kuchliroq darajaga chiqishi uchun bu saralash bosqichi va qit’a chempionati oxirgi imkoniyat! Umid qilamizki, Bobur o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etadi va olimpiya terma jamoamizning to‘p urariga aylanadi.

Olimpiyada yo‘llanmasining qiymati

Katta g‘alabalarni sog‘ingan xalqimiz uchun Olimpiyada yo‘llanmasi ajoyib sovg‘a bo‘lishi aniq. Bu yigitlar o‘zbek futbolining kelajagi sanaladi. Olimpiya terma jamoamiz uzoq yillik orzuyimizga yetishtirishsa, bu g‘alaba kelajakda o‘z kuchiga ishongan jamoaga ega bo‘lishimizni ta’minlaydi. O‘zbek futbolidagi ketma-ket alamli mag‘lubiyatlardan charchagan muxlislar  OTJga najot ko‘zlari bilan boqib turishibdi. Yigitlar o‘zbek futboliga  g‘alaba iforini qaytarishingiz orqali millionlab muxlislarning qalblariga quvonch ulashishingizga umidvormiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:01, 19.03.2019.
O'qildi: 5945 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.