Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ektor Kuper: «Biz «Shina Cup» musobaqasi orqali Jahon chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘ramiz»

Ektor Kuper: «Biz «Shina Cup» musobaqasi orqali Jahon chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘ramiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, bugun Nanning shahridagi “Guanxi Sports Centre” stadionida “China Cup-2019” musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov qatnashdi. Dastlab, Kuper o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu yerda bo‘lib turganimdan xursandman. “Shina Cup” juda yaxshi musobaqa. Bu musobaqada kuchli jamoalar ishtirok etishadi. Ularga qarshi o‘ynash biz uchun foydali bo‘lishi shubhasiz. Biz mazkur musobaqa orqali Jahon chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu musobaqaga tayyorlanish uchun ko‘p vaqt bo‘lmadi. Kecha keldik. Hozircha bitta mashg‘ulot o‘tkazdik. Shunga qaramay, musobaqa davomida o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. ”

Eldor Shomurodov: “Bizni Xitoyda juda yaxshi kutib olishdi. Buning uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Nanning yangi shahar ekan. Juda chiroyli. Shahar menga yoqdi, menda yaxshi taassurot qoldirdi”.

Ektor Kuper: “Osiyo Kubogi bilan solishtirganda bizning tarkibimizda katta o‘zgarishlar yo‘q. Deyarli o‘sha tarkib bilan Xitoyga tashrif buyurdik. “China Cup” musobaqasida Osiyo Kubogidagi kabi o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Men Xitoyga birinchi bor kelishim. Avval bu mamlakatda bo‘lmaganman. Shu sababli jamoam bilan yorqin o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Ammo biz uchun eng muhimi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Mazkur musobaqalarga o‘xshash turnirlar orqali mundial saralashiga tayyorgarlik ko‘ramiz.  

Fabio Kannavaro ayni paytda Xitoy terma jamoasini boshqarib borayotganini bilaman. U 15 yil oldin Milanning «Inter” tarkibida o‘ynagandi. U juda yaxshi futbolchi. Tartibli o‘yin namoyish qilardi. U murabbiy sifatida ancha tajriba to‘plagani aniq. Futbolchilardan ham tartib intizomga amal qilishni talab qilishi tabiiy. Men Kannavaroga murabbiylik faoliyatida omad tilayman.

U buyuk murabbiy bo‘lib yetishishiga ishonaman. Unda buning uchun barcha jihatlar mavjud. Agar maydonda murabbiy sifatida uchrashadigan bo‘lsak, men Kannavaroni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilaman.

Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish juda yaxshi g‘oya. Bu faqat O‘zbekiston yoki Xitoy uchun emas, barcha Osiyodagi terma jamoalar uchun juda yaxshi imkoniyat. Men bu g‘oyani qo‘llab quvvatlayman. Bu holat butun dunyoda futbol rivojiga hissa qo‘shishi aniq”, - dedi Kuper.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:20, 20.03.2019.
O'qildi: 3320 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.