Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Qatar futbol assosiasiyasi prezidenti Toshkentga keldi

Qatar futbol assosiasiyasi prezidenti Toshkentga keldi

Baho:
+ | -

Bugun Qatar futbol assosiasiyasi prezidenti Xamid bin Xalifa bin Ahmad Al-Tani poytaxtimizga tashrif buyurdi. Faxriy mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida MOQ prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi.

Martabali mehmonni qarshi olar ekan Umid Ahmadjonov Qatar futbol assosiasiyasi prezidentini mamlakat terma jamoasining Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etdi.

Qatar futboli so‘nggi yillarda jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Buni terma jamoa joriy yilgi Osiyo Kubogida g‘alaba qozongani, 2022 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilishidan bilib olish qiyin emas.

Ma’lumki, O‘zbekiston va Qatar futbol assosiasiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzolangan. Ushbu tashrif davomida ikki terma jamoaning asosiy va turli yosh toifalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari, hakamlar va murabbiylar uchun turli seminarlar tashkil qilish borasida kelishuvlar amalga oshishi kutilmoqda.

Har ikki assosiasiya rahbarlari ertaga MOFA (Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi) ning navbatdagi kongressida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga jo‘nab ketishadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:28, 20.03.2019.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик