Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Eldor Shomurodov — «Mash’al», «Rostov», Rivaldo haqida katta intervyu

Eldor Shomurodov — «Mash’al», «Rostov», Rivaldo haqida katta intervyu

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasi va Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov «Sport.24» sayti uchun intervyu berdi. Bu haqda xabar.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Muxlislar «Rostov»ni himoyaviy futbol uchun tanqid qiladilar, ammo jamoa hujumida darhaqiqat raqobat juda kuchli. Masalan, Norvegiya va Isroil chempionatida to‘purar bo‘lgan islandiyalik Vidar Kyartansson Shvesiya chempionatiga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.

Eldor Shomurodov esa O‘zbekiston milliy jamoasi bilan Osiyo Kubogida ajoyib o‘yin namoyish qildi. U to‘rt o‘yinda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng  «Rostov«ga qahramon sifatida qaytdi va «Rubin»ga qarshi kechgan o‘yinda Yeremenkoga ajoyib golli uzatmani amalga oshirdi. Daholarcha...

«Sport.24» muxbiri Danila Ignatov Shomurodov bilan uchrashgach, quyidagi mavzularda suhbatga tortdi.

- Nima uchun uni Messiga o‘xshatishadi?

- Joze Mourinyo bilan qayerda uchrashdi?

- Karpin qanaqa murabbiy?

- Rivaldo «Bunyodkor»da o‘ynaganda qanday qilib maydonga yetaklab tushgan?

 — O‘zbekiston terma jamoasi uchun nimchorak final yaxshi natijami?

— Biz yana-da uzoqroqqa borishimiz kerak edi, buning uchun barcha imkoniyat bor edi. O‘zbekiston milliy jamoasida yaxshi tarkib shakllangan, ammo omad yetishmadi. Guruhdan ishonch bilan chiqdik, Avstraliyaga qarshi chiroyli o‘yin namoyish qildik. Penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyat esa lotoreyadagi omadsizlik bilan teng.

Avstraliya juda kuchli jamoa. Ammo yengib bo‘lmas jamoaning o‘zi yo‘q. O‘zbekiston milliy jamoasi hali Avstraliyani yenga olmadi, bilaman, ammo hamma narsaning oxiri bo‘ladi.

— Osiyo Kubogida to‘rt o‘yinda to‘rtta gol urdingiz...

— Bu yaxshi, ammo birinchi navbatda baribir natija turadi. Agar gol ura olmasam ham milliy jamoamiz uzoqroqqa borganda, faqat xursand bo‘lardim.

— Yaponiyaga urgan golingiz — zambarakning o‘qidek!

— O‘yin vaqtida qandaydir qahramonlik qildim, deb o‘ylaganim ham yo‘q. Shunchaki to‘pni menga yetkazib berishdi: oldinda ikki himoyachi bor edi, biznikilardan esa hech kim yo‘q. Agar biror jamoadoshim bo‘lganda, to‘pni unga uzatgan bo‘lardim. Hech kim bo‘lmagani uchun hujumni o‘zim yakunlashimga to‘g‘ri keldi.

To‘p o‘ng oyog‘im ostida edi. Zarba yo‘llasam himoyachi to‘sib qolishini tushundim va to‘pni chapga oldim. Shu vaqt darvozabon joyini tashlab chiqqanini ko‘rib qoldim va o‘ng oyog‘imni tashqi tomoni bilan zarba yo‘llashga qaror qildim. Chap oyoqda tepishga juda noqulay vaziyat edi.

— Avstraliyaga qarshi kechgan o‘yinda o‘rningizga Marat Bikmayev tushdi va penaltidan hal qiluvchi golni ura olmadi. Rossiyada Fedor Smolov shunga o‘xshagan vaziyatda antiqahramonga aylangan edi.

— Bunday mas’uliyatli vaqtda gol ura olmasang muxlislar juda salbiy munosabatda bo‘ladi. Bu tabiiy. Ammo Maratning hech qanday aybi yo‘q. U o‘yindan so‘ng juda qattiq siqildi. Butun jamoa bilan unga dalda berdik va hamon dalda berib kelmoqdamiz. Chunki hech qanday dahshatli narsa sodir bo‘lgani yo‘q.

— Avstraliya va Yaponiya  — har doim Osiyoda favorit. Nima uchun Qatar chempion bo‘ldi?

— O‘zim uchun ham ularning chempionligi kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Biz Qatar milliy jamoasi bilan JCH-2018 saralashida ikki marta to‘qnash kelganmiz va Osiyo Kubogi oldidan ham bir marta o‘ynaganmiz. Barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonganmiz — 1:0, 1:0 va 2:0. O‘shanda ham Qatarning o‘yini yomon emas edi. Ammo nimadir yetishmayotgani ko‘rinib turardi. Hozir ularda ispaniyalik murabbiy bor,  u vaqtida «Barselona»ni boshqargan. Yana Osiyo Kubogida omad ham keldi.

— O‘zbekiston milliy jamoasini esa Ektor Kuper boshqarmoqda. Nima o‘zgardi?

— Hamma narsa, ammo eng muhimi — u biz bilan juda ko‘p suhbatlashadi. Kuper — motivator. Har doim bor kuch bilan o‘ynashni talab qiladi va Osiyo Kubogi vaqtida: «siz bu kubokni yuta olasiz!» derdi. Maqsadimiz ham shu edi.

Ektor Kuperning yordamchilari juda ko‘p, ammo barcha mashg‘ulotlarni uning o‘zi olib boradi. U himoyachi bo‘lgan, shuning uchun Osiyo Kubogi oldidan himoyaga ko‘p e’tibor berdik. Biroq O‘zbekiston milliy jamoasi har doim himoyada o‘ynaydi, deb aytmagan bo‘lardim. Qanot himoyachilari hujumga qo‘shiladi. Kuper ham Osiyo Kubogiga himoyada o‘tirish uchun kelmaganimizni ko‘p aytardi.

— Osiyo Kubogi guruh bosqichidan so‘ng siz bilan darvozabon Ignatiy Nesterovning karrikaturasini hatto Omar Momani chizdi.

— Menimcha o‘xshata oldi, shekilli. Darvoqe, Nesterovni «Osiyo Buffoni», deb atashadi. U qit’aning eng yaxshi darvozabonlaridan biri va yaqinda Saudiya Arabiston chempionatiga yo‘l oldi.

— Demak O‘zbekiston milliy jamoasida ham Messi, ham Buffon bor ekanda?

— Ax-xa-xa, bilmadim, bilmadim... Menga «Messi« degan laqab berishganini «Rostov«ga o‘tganimdayoq eshitgan edim. Ammo Messiga umuman o‘xshamasam kerak. Bolaligimda «Liverpul»dagi Fernando Torresning o‘yinlarini yoqtirardim, keyin Didye Drogbani ham.

— Joze Mourinyochi? Uni qayerdan topib oldingiz?

— Osiyo Kubogidan so‘ng «Rostov»ga qaytganimdan so‘ng «Lokomotiv»ga qarshi 69 daqiqa o‘ynadim va murabbiylar shtabi menga kichik ta’til berdi. Tasodifan Joze Mourinyo bilan uchrashib qoldim, u xokkey tadbiri uchun Moskvaga ga kelgan ekan. U mening agentim German Tkachenko bilan tanish ekanini bilmagan edim. Agentim bilan uchrashish uchun restoranga kelgandim, u yerda esa Mourinyo bor ekan! Unda hali Balashixadagi muzga yiqilmagan edi.

Mourinyoni dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri, deb bilaman. Balki bunga «Yunayted« emas, «Chelsi«ga muxlislik qilishim sababdir, xa-xa-xa.

— Qishda «Rostov»dan ketishingiz haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Darhaqiqat taklif bo‘lganmidi?

— Bu haqida faqat internetda o‘qidim, agentim ham, «Rostov» ham menga hech narsa demadi. Klub bilan 2,5 yillik shartnomam bor. Raqobatdan qo‘rqmayman, shu yerda qolishni va jamoaga munosib ekanimni isbotlashni istayman.

«Rostov»ga kelgunimga qadar Qatardan taklif borligini aytishgan edi. Ammo Rossiyani tanladim. Ko‘pchilik pul tufayli Osiyo klublarini tanlaydi. Ammo men Yevropada o‘sishni istadim. Odil Ahmedovning aytishicha, hozir Xitoyda ham futbol yaxshi rivojlanayotgan ekan. «Shanxay SIPG» dunyodagi eng yaxshi akademiyalardan birini quribdi.

— Mavsum boshida maydon markazida o‘ynagan edingiz, keyin o‘ng qanot himoyasida ham. Moslashish qiyin bo‘ldimi?

— Bunga qadar chap qanot hujumida o‘ynaganman va tajribam bor edi, ammo boshqacha, 4-2-3-1 taktikasi ostida. «Rostov»da esa besh himoyachi bilan o‘ynaymiz, shuning uchun qanot futbolchisining funksiyasi ancha farq qiladi. Ko‘proq yugurishga to‘g‘ri keladi, ammo bu men uchun muammo emas.

— Qayerda tug‘ilganingiz haqida hech qayerdan ma’lumot topa olmadik.

— Termizda, O‘zbekiston janubi, Surxondaryo viloyatida. Futbol bilan o‘sha yerda shug‘ullana boshlaganman, chunki butun oilamiz futbolchilardan iborat. Otam Azamat Shomurodov quyi ligada o‘ynagan, amakim Ilxom Shomurodov O‘zbekiston milliy jamoasida o‘ynagan, «Nasaf» bilan OFK Kubogida, «Bunyodkor» bilan esa O‘zbekiston Kubogida g‘alaba qozongan. Ularni O‘zbekistonda yaxshi tanishadi.

6 yoshimda mashg‘ulotga borishni rosa xohlaganman, ammo olishmagan. Faqat birinchi sinfdan futbolga qatnay boshladim. Avvaliga shunchaki Termiz ko‘chalarida futbol o‘ynab yurdim, 11 yoshligimda meni otamning do‘sti — «Mash’al»  klubi seleksioneri ko‘rib qoldi. U otamni men va akamni ko‘rikka olib borishga ko‘ndira oldi. Birinchi o‘yindanoq meni olib qolishdi.

— Akangizchi?

— Sanjar 1991 yilda tug‘ilgan. U uyga qaytdi va Termizdagi mahalliy jamoada o‘ynadi. Faoliyatini erta tugatdi va o‘qishga kirdi. U hozir filolog — rus tili va adabiyotini o‘rganmoqda.

«Mash’al» akademiyasida avvaliga juda qiyin bo‘ldi. Uyni rosa sog‘inardim. Ba’zan ketib qolgim kelardi, ammo professional futbolchi bo‘lish oson emasligini tushunardim. Mening omadim keldi: o‘sha vaqtda «Mash’al» akademiyasi O‘zbekistonda eng yaxshisi hisoblanardi va ko‘pchilik bitiruvchilar terma jamoalarda o‘ynagan. Biz shunchaki maktabga bormasdik, qo‘shimcha tarzda rus va ingliz tillarini o‘rganardik, informatika darslarini o‘tganmiz. Yana albatta futbol mashg‘ulotlari...

— Yakunda maqsadga yetdingiz...

— «Mash’al» uchun bor-yo‘g‘i 10 ta o‘yinda maydonga tushdim. Unda ham asosan zaxiradan. Ammo meni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida ishlagan Sergey Lushchan yaxshi bilardi. U «Bunyodkor»ni boshqara boshlagach, meni ham chaqirib oldi. Uning sharofati bilan O‘zbekistondagi eng kuchli klublardan biriga o‘tdim.

— Ismoilov «Match»ga bergan intervyusida O‘zbekiston stadionlarida sharoit og‘ir ekanini gapirgandi: suvga zang nuqsi urib ketgan, xojatxona masalasi haminqadar. Hozir ham shundaymi?

— Sharoit haqida bilmadim, men Oliy ligada bunaqasini ko‘rmaganman. Ammo maydonlar ilgari haqiqatan ham og‘ir edi. Ammo hozir ancha yaxshilanib qolgan, xuddi Rossiyadagidek: oldin tekshiruvchilar keladi va maysa sifatini o‘rganadi. Yaxshi bo‘lmasa, Superliga o‘yinini o‘tkazishga ruxsat yo‘q.

— 2000-yillar oxirida «Bunyodkor» safida Rivaldo o‘ynardi. Uni eslaysizmi?

— Rivaldo «Mash’al»ga qarshi o‘ynash uchun kelganda mening qo‘limdan yetaklab maydonga olib tushgan. O‘sha vaqtda amakim ham «Mash’al»da o‘ynardi. Juda yosh edim, men — bolakay uchun O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaydigan Aleksandr Geynrix, Anzur Ismoilov va Ignatiy Nesterovlar ham yulduz edi. Rivaldo-ku, umuman dahshat! Hayolimda xuddi kecha ularga to‘p olib berib turgandekman, endi esa o‘zim milliy jamoada o‘ynayapman. Ajoyib!

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 17:39, 20.03.2019.
O'qildi: 4406 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.