Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 0-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 0-1 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Lyubinko Drulovich: «O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha muxlislarni stadionga chorlab qolaman»

Lyubinko Drulovich: «O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha muxlislarni stadionga chorlab qolaman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda U-23  Osiyo chempionati saralashining «F» guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.  Mazkur saralash bahslarida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birgalikda Tojikiston va Hindiston terma jamoalari ham ishtirok etishadi.  

Bugun ana shu saralash o‘yinlari oldidan uchta terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.   

Lyubinko Drulovich (O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi): “Ertaga muhim musobaqada ishtirokni boshlaymiz. Bu saralash bahslari oldidan Ispaniya va Turkiyada yig‘in o‘tkazdik. Bir qator nazorat o‘yinlarida maydonga tushdik. Maqsad bitta – barcha o‘yinda g‘alaba qozonib, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Terma jamoaga jalb qilingan futbolchilardan ko‘nglim to‘q. Ularning jismoniy holati meni qoniqtirmoqda. Iloji boricha ko‘proq gol urib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz mazkur saralash o‘yinlarini amaldagi Osiyo chempioni sifatida o‘tkazamiz. 

Bu o‘ziga xos bosim yuklaydi. Umuman, futbolda hamisha bosim bo‘ladi. Bu normal holat. Ertaga stadionga ko‘proq muxlislar tushib, bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, o‘ylaymanki, bosimni yengishimiz osonroq bo‘ladi. Pokiston terma jamoasi mazkur saralashga kela olmaganidan afsusdaman. Pokiston ham qatnashganda, futbol uchun yaxshi bo‘lardi. Ko‘proq o‘yin o‘tkazardik. Tarkibda kichik jarohat olgan futbolchilar bor. Bobur Abduxoliqov va Abror Ismoilov o‘zini bir oz yomon his qilayotgandi. Hindistonga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazamiz. O‘sha mashg‘ulotdan keyin ertaga asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar haqida bir to‘xtamga kelib olamiz”.


Derrik Pereyra (Hindiston OTJ bosh murabbiyi): “Toshkentda bo‘lib o‘tadigan saralash bahslari oldidan Qatarda yig‘in o‘tkazdik. Qatar terma jamoasi bilan nazorat o‘yinida maydonga tushdik. Tayyorgarlik uchun ko‘p vaqt bo‘lmadi. Shunga qaramay, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Tarkibimizda ko‘plab yosh futbolchilar bor. Ularga ishonch bildirib, maydonga tushirmoqchimiz. Saralashdagi raqiblarni videoyozuvlar orqali o‘rganib chiqdik. O‘zbekiston musobaqaning amaldagi chempioni. Tojikiston ham ancha shakllangan terma jamoa. Shu sababli ularga qarshi o‘yinlar oson bo‘lmasligi aniq. 

Pokiston terma jamoasi kelganida bitta o‘yin ko‘proq o‘tkazardik. Endilikda Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun kurash faqat ikkita o‘yinda kechadi. Biz musobaqani ijobiy natija bilan yakunlamoqchimiz”.

  Usmon Toshev (Tojikiston OTJ bosh murabbiyi): «Dastavval, barchani Navro‘z ayyomi bilan bilan tabriklayman. Saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar bor. Umid qilamanki, ijobiy natija qayd eta olamiz. Raqiblar haqida nima deyishim mumkin? O‘zbekiston qit’adagi kuchli terma jamoalardan biri. Hindiston ham o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Pokiston terma jamoasi kelmaganidan afsusdaman. Ular ham ishtirok etsa, ko‘proq o‘yin o‘tkazgan bo‘lardik. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz».

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:34, 21.03.2019.
O'qildi: 3728 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.