Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Gol urishga undovchi mas’uliyat

Gol urishga undovchi mas’uliyat

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Bundan 2 oycha muqaddam insondagi xohish-istaklarning amalga oshishi shartlari xususida yozgandik.

Eslasangiz, o‘shanda zarracha shubhadan xoli metin-mustahkam ishonch va beqiyos mas’uliyat tuyg‘usini xohish-istak ro‘yobini ta’minlovchi omillar sifatida ko‘rsatgan edik. Shunday ishonch va mas’uliyat uyg‘unligi shakllantirilmaganida, «Xumo Arena» poytaxtimiz ko‘rkiga chiroy qo‘shib tez fursatda qad rostlamasdi. Mahorat-malaka va ko‘nikma o‘z yo‘liga. Kezi kelganda, kuchli ishonch va yuksak mas’uliyat birligi qoshida buyuk iste’dodlar ham bosh egishadi.

Agar iste’dodning qo‘sh qanoti ishonch va mas’uliyat bo‘lsa, hayotda fantastik hodisalar yuz beradi.

Futbol dunyosidagi «kambek»lar shunday favqulotda hodisalardan hisoblanadi. «Atletiko» himoyasi mudofaa vaziri Diyego Godin va uning birinchi o‘rinbosari Xose Ximenes qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini muxlislar juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham, «Yuventus»ning CHL chorak finali ishtiroksichiga aylanishiga ko‘pchilik shubha bilan qaradi. Krishtianu Ronaldu esa shu shubhalarni uch hamla bilan butunlay parchalab tashladi. «Qiyin vaziyatda koringga yaramasam, mendan senga nima naf?» - dedi portugaliyalik shovvoz «Yuventus» oldidagi missiyasini to‘liq anglagan holda. U aynan «xet-trik»ni, «kambek»ni istadi, bunga ishondi va butun dunyo ko‘z o‘ngida nimalarga qodirligini yana bir bora amalda isbotladi. Ibrat uchun, o‘ziga yuklangan mas’uliyat izhorini ayta olgani uchun Ronalduga ofarin!

Aslida terma jamoamizni doimo qiynaydigan bosh muammo - shu! Ayni muammo sabab, Ektor Kuper jurnalistlar huzurida kalovlanib qolmoqda. Bor gap shuki, u terma jamoamizga ayni damda eng munosib sanalgan futbolchilarni chorladi. Ha, taklif qilinmagan o‘yinchilar saviya bobida asosiy tarkib a’zolaridan keskin farqlanishlarini aytish dushvor. Masalan, Fozil Musayev va Sardor Mirzayevning terma jamoamizdagi o‘rni bir xil deyarli. Oleg Zoteevmi yoki Farrux Sayfiyev? Davron Hoshimovmi yoki Akmal Shorahmedov? Bu masala-savollar ham terma jamoamiz o‘yinida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi, ya’ni u yoki bu futbolchi ta’sirida terma jamoamiz o‘yini tubdan o‘zgarib qolmaydi. Qisqasi, hozir bosh jamoamiz uchun to‘p surishga loyiq futbolchilar yetarli. Ektor Kuper aytmoqchi, ular Yevropa maydonlarida ham bemalol to‘p surishlari mumkin! Bizningcha, esa yigitlarimiz faqat bir jihatda oqsashadi. Sarlavhadan ayonki, bu jihat - gol urishga undovchi mas’uliyat. Xo‘sh, Igor Sergeev «Lokomotiv» darvozasiga gol urgan mahal nima uchun Jaloliddin Masharipov bilan parallel ravishda darvozaning yaqin burchagiga qadar yugurib bordi? O‘ylaymizki, omadsizlik va mas’uliyatsizlikning achchiq tarixi uning ko‘zini ochdi. Avvalgi holati bo‘lganda, u bu qadar jon kuydirib o‘tirmasdi. Dragan Cheran shu damlarga yetguncha muxlislardan qancha ta’na-dashnom eshitdi-yu... Oxir-oqibat, u ham faqat gol va yaxshi o‘yin antitan­qid vositasi ekanligini tushundi.

Dadil aytish mumkinki, Ronaldu kabi mas’uliyat ruhini his qilgan futbolchi, albatta, o‘zgaradi va muvaffaqiyat qozonadi. Zayniddin Zidan ishonchini oqlash Isko, Marselo va Navas uchun futbolchi taqdirini o‘zgartirishga arzirli mas’uliyat edi. Har uch futbolchi shu ishonch­ni oqlashga urindi va buning uddasidan chiqdi. Zidan - kuchli psixolog. U ilk o‘yindayoq ataylab shu futbolchilarga imkon berdi. Negaki, aynan ularda boshqalarga nisbatan ortiqcha ishtiyoq bo‘lishi mumkinligini oldindan sezdi va adashmadi. Jamoaga motivasiya berish yo‘llari ko‘p. Zidan shu yo‘llar ichidan eng qaltisi va kutilmaganini tanladi. Angliya kubogi chorak final uchrashuvida «Manchester Siti» Uelsda «Suonsi»dan 0:2 hisobida yengilayotganini ko‘rib, Xosep Gvardiola nimanidir rejalashtirayotganini o‘yladik beixtiyor. Axir oldinda CHL chorak finali va jamoa mushkul ahvolda qolsa, vaziyatni o‘nglash yo‘lini tajribada sinash imkonini nima uchun qo‘ldan chiqarish kerak? Fikrimizcha, Gvardiola butun mavsumni va uchrashuvlar taqvimini shunday boshqaradi. U paytini topib, futbolchi yuragidagi gol cho‘g‘iga moy sepadi. Natijada gol olovi gurullab yonadi. Aks holda, u Serxio Agueroni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirar va «Suonsi» ehtimolki, birinchi bo‘limdayoq mag‘lublik bayrog‘ini «ko‘tarardi». Shunday yo‘l tutsa, Gvardiola Gvardiola bo‘larmidi? Zidan yana «Real»ga qaytarmidi? Bu murabbiylarda boshqa hamkasblaridan farqli ravishda, futbolchini gol urishga undovchi mas’uliyat xazinasi bor. Taqdir bu xazinani barcha murabbiylarga ham ravo ko‘ravermaydi Biror ustoz tomonidan o‘rgatib bo‘lmaydigan shunday tuyg‘u bois, Massimiliano Allegri ham «Yuventus»ning ilk mag‘lubiyati uchun zamin hozirlagandek. Katta murabbiylar bu kabi hech qayerda yozilmagan «taktik usul»larni hammadan pinhon tutadilar yoki sirlarini oshkor etsangiz, buni tan olmaslikka intiladilar.

Ektor Kuper ham jahon tan olgan kuchli murabbiylar sirasiga kiradi. Shunday ekan, undan ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan «yurish»lar kutishga haqlimiz. Xullas, mart oyining 3-dekadasida muxlislar Ektor Kuper va Lyubinko Drulovichdagi gol urishga undovchi xazinalar milliy hamda olimpiya terma jamoalarimiz foydasiga ishlashidan umidvorlar, albatta.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:32, 23.03.2019.
O'qildi: 2202 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.