Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Sambochilarimiz Jahon kubogining birinchi kunida 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Sambochilarimiz Jahon kubogining birinchi kunida 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 22-23 mart kunlari Moskva shahrida o‘tkazilayotgan sambo bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Musobaqaning birinchi kunida ayollar o‘rtasida 52 kg, 60 kg, 68 kg, 80 kg, erkaklar o‘rtasida 57 kg, 68 kg, 82 kg, 100 kg va jangovar sambo bo‘yicha 57 kg, 68 kg, 82 kg, 100 kg vazn toifasidagi sportchilar tatamiga chiqishdi.

2018 yilda Osiyo chempioni bo‘lgan sportchimiz Sirojiddin Anorqulov (-57 kg, jangovar sambo) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kirilgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalish bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan yana bir sportchimiz, Osiyo chempioni va 2018 yilda Ashxobodda o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi Zafar Allabergenov (-68 kg) ham barcha raqiblari ustidan zafar quchdi. Ayniqsa finalda rossiyalik Nikita Podkovalnikovga qarshi kechgan jang qizg‘in bahslarga boy bo‘lib, yakunda vakilimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Jangovar sambo bo‘yicha yana bir vakilimiz 2018 yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori Bekzod Nurmatovga (-82 kg) finalda biroz omad yetishmadi. U rossiyalik Aslanbek Kadzayevga imkoniyatni boy berdi va musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, Ulug‘bek Rahmonov (-82 kg), Zuhraxon Ma’murjonova (-52 kg) hamda Timur Xudoyqulov (-68 kg) o‘z vaznlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi.


Shunday qilib, sambochilarimiz jahon kubogining birinchi kunida 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza jami 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi. 23 mart kuni musobaqaning ikkinchi kunida ayollar o‘rtasida 48 kg, 56 kg, 64 kg, 72 kg, +80 kg, erkaklar o‘rtasida 52 kg, 62 kg, 74 kg, 90 kg, +100 kg va jangovar sambo bo‘yicha 52 kg, 62 kg, 74 kg, 90 kg, +100 kg vazndagi sportchilar bahsga kirishadi.

Manba: minsport
Kiritildi: 09:12, 23.03.2019.
O'qildi: 1753 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.