Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Erkin fikr: iqtidorlar, qayerdasiz?

Erkin fikr: iqtidorlar, qayerdasiz?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘tgan hafta Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumanida jurnalistlar murabbiyga terma jamoani yoshartirish mavzusida savollar berishdi.

Olimpiya terma jamoasining o‘tgan davrdagi yutuqlari, ajoyib o‘yinlari bizni shunday fikrlashga undayapti. Ko‘rdikki, ular orasida milliy jamoada o‘zini ko‘rsatadiganlari yetarlicha. Buni joriy yil boshida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida yana bir bor ko‘rdik. Otabek Shukurov, Javohir Siddiqov, Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov shu yo‘sin davom etishsa, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sardor Rashidovga munosib o‘rinbosar bo‘lishadi.

Ammo tanganing ikki tomoni bo‘lganidek, ko‘ngilni xira qiladigan muammo ham yo‘q emas. Hozirgi termamiz o‘rinbosarlarining aksariyati Dilshod Nuraliyev shogirdlari hisoblanadi. Ular o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, jahon chempionati ishtrokchilari. Biroq u jamoalardan ayrimlari o‘z klubida o‘rnini topa olmadi, ba’zilari esa jarohatini tuzatish bilan band. Keling, fursatdan foydalanib, bosh jamoamiz kelajagi sifatida e’tirof etilgan futbolchilarning faoliyatiga biroz nazar solsak.

Sarvar Karimov

Bu futbolchi 2012 yili Eronda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida tanildi. Uning ajoyib «seyv»lari Yaponiyaga qarshi kechgan final bahsida asqotgandi. Penaltilar seriyasida ham o‘zini ko‘rsatgan iqtidorli kiper, keyinchalik BAAda o‘tgan kichik mundialda ham jamoamiz darvozasini qo‘riqladi. Nimchorak finalda Gondurasga mag‘lub bo‘lgach, Sarvar Karimovning ko‘z yoshlarini tiya olmay, maydon markazida o‘tirgan holati esimda hamon. Klubdagi faoliyatini «Lokomotiv»da davom ettirgan darvozabon raqobatda yutqazdi. Bir davra «Sug‘diyona»da ijarada to‘p surdi, ayni vaqtda «Qo‘qon-1912»da.

Ibrohim Abdullayev

Mudofaa chizig‘ining ishonchli vakili, barcha yoshdagi terma jamoalarda asosiy himoyachi sanalgan. Uni hatto Ravshan Haydarov Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan U-17 jahon chempionatiga olib ketgandi. Himoya markazida Rustam Ashurmatov bilan yaxshi tandem hosil qilgan futbolchining klubdagi taqdiri u qadar havas qilguli darajada kechmadi. «Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi asosiy jamoadan o‘rin ola bilmadi. So‘nggi martta «Obod»da to‘p surdi.

Temur Tolipov

Yana bir «paxtakorchi». 2016 yil uning uchun yutuqlarga boy bo‘ldi: «sherlar»ning asosiy tarkibidan o‘rin oldi, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etdi. «Al-Jazira» bilan kechgan o‘yinda u jarima zarbasidan ajoyib gol urgandi. Jaloliddin Masharipov jarohat olganida, uning o‘rnini egallardi. Keyingi mavsumlarda «Navbahor», «Obod» va birinchi liga jamoalarida ko‘rinish berganiga qaramay, hech birida o‘zini ko‘rsata olmadi. Joriy mavsum boshida esa Qirg‘iziston chempionatiga yo‘l oldi.

Shohjahon Abbosov

Amirliklardagi jahon chempionatining ilk turida Panama termasi darvozasiga urilgan dastlabki gol muallifi. Shuningdek, Eronda qit’a chempionligiga erishganlardan biri. Ravshan Bozorov «Navbahor»ni boshqarayotganda, Shohjahonga imkoniyat berdi. Biroq ishonch oqlanmadi. Abbosov ayni vaqtda «Zomin» klubining muhim futbolchilaridan biri sanaladi.

Jamshid Boltaboyev

2013 yili o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi o‘z guruhida 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turgandi. So‘nggi turda Xorvatiyaga qarshi o‘yindagi g‘alaba bizni birinchi o‘rin bilan navbatdagi bosqichga olib chiqardi. O‘sha bahsda final hushtagi yangrashiga oz qolganda, Jamshid Boltaboyev raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qilib, jamoamizga g‘alaba keltirgandi. Keyinchalik «Paxtakor»da o‘z o‘rnini topishga intilgan Jamshidga ko‘p hollarda jarohat pand berdi. Shunday bo‘lsada, Samvel Babayan uni 2016 yili Osiyo chempionati-U-23ga olib ketdi. Markaziy yarim himoyachi o‘sha musobaqada qanot himoyasida o‘ynashga majbur bo‘lgandi. Baribir, jarohat o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ikki yil katta futboldan uzoqda bo‘lgan Boltaboyevni qishki transferlar paytida Sergey Lushan «So‘g‘diyona»ga taklif qildi.

Javohir Sohibov

Milliy jamoada Aziz Haydarovga munosib o‘rinbosar sifatida qaralgan Javohirga ham jarohatlar xalal berdi. O‘z vaqtida «Paxtakor»­ning tayanch zonasida almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylangandi. Sohibov 2014 yili Myanmada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sardorlik bog‘ichi ostida jamoadoshlarini maydonga olib tushgandi. Raqib hujumini buzib, sheriklarini oldinga boshlash qobiliyatiga ega Sohibov ham joriy mavsum boshida Boltaboyev kabi «So‘g‘diyona» chorlovini qabul qildi.

Ko‘rib turganingizdek, iqtidorini o‘z vaqtida namoyon etolmagan futbolchilarimiz bisyor. Umid qilamizki, hozirgi olimpiya termasi vakillari boshiga yuqoridagi futbolchilarning qismati tushmaydi. Ha, ular yaxshi o‘ynashyapti, chakki emas, ammo oldingi yillarda ham shunday bo‘lgan. Muhimi, iqtidorli yoshlarimiz barqarorlikni saqlab qolib, imkon qadar jarohatlardan uzoq yurishsin. Bu borada tajribaliroq sanalgan akalaridan maslahat olishsa, o‘zlariga foyda bo‘ladi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:12, 24.03.2019.
O'qildi: 2691 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.