Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Barbod bo‘lgan faoliyat

Barbod bo‘lgan faoliyat

Baho:
+ | -

Bundan uch yarim yil muqaddam «Tottenxem» Saydo Beraxino uchun 30 million yevro taklif etgandi. Vaholanki, bu klubda Daniel Levi har bir sentni qadrlaydi. Ammo mazkur summa APL bozori uchun juda mos edi - Beraxino angliyaliklar uchun muhim futbolchilardan biri sanalardi. Ushbu forvard kamtarona «Vest Bromvich»da ko‘plab gollar urar, Burundida sinovdan o‘tgan texnikasi esa uni tumanli o‘lkadagi boshqa hujumchilardan ajratib turardi.

Uning Angliya yoshlar termasidagi qoyilmaqom o‘yinlari (11ta o‘yinda 10ta gol) ham inobatga olingan holda, Garri Keyndan ham ko‘proq foyda keltiradigan o‘yinchi bo‘lishi kutilgandi. Umuman, Saydo Garri bilan sheriklikda to‘p surishi ham mumkin edi - 2015 yilning yozida 21 yoshli forvard «Uayt Xart Leyn»ga ko‘chib o‘tishga taraddudlangandi. Levi esa uning uchun o‘ttiz million ajratishga tayyor bo‘lgan. Biroq «Vest Brom» o‘zining eng yaxshi futbolchilaridan birini sotishni istamadi. Saydo esa shu zahoti «Albion» uchun boshqa o‘ynamasligini ta’kidladi.

Bir oydan so‘ng, u baribir, «Vest Bromvich» tarkibida maydonga tushdi. 2016 yilning 27 fevralida Beraxino APLdagi so‘nggi golini urdi. Shundan keyin deyarli 3 yil mobaynida to‘p surganiga qaramay, «Vest Bromvich» va «Stok Siti»da to‘p kiritolmadi. Ya’ni 40ta o‘yinni «quruq» o‘tkazdi. Haqiqiy zulmat. Binobarin, gap 2014|2015 yillar mavsumida 14ta gol urgan forvard haqida bormoqda. Buni APLda amalga oshirganiga nima deysiz?

2017 yilning fevralida Beraxinoning doping iste’mol qilgani aniqlandi. Tiklanish uchun mo‘ljallangan, ammo nomi oshkor etilmagan modda FA tomonidan taqiqlangandi. Rasmiy manbalarda Saydo 8 haftani jarohatlar sabab o‘tkazib yuborgani aytilgan. Aslida esa, Angliya futbol federasiyasi uni diskvalifikasiya qilgandi - maxfiy tarzda, ommaviy tanbehlarsiz, umuman, e’lonlarsiz. Beraxinoga rasmiy musobaqalarda qatnashish taqiqlandi.

«Nega «Vest Brom» meni o‘sha vaziyatda himoya qilmadi? Shok holatida edim, ruhiy tushkunlikka tushdim. Taqiqlangan modda iste’mol qilmagandim, hoynahoy, dopingni tungi klubda kokteylimga qo‘shib berishgan», - Beraxinoning rasmiy izohi ham shu tarzda o‘zgacha chiqdi.

Keyinchalik Saydo gollar emas, mojarolar kolleksiyasini ma’qul ko‘rdi. Bir qarasangiz, Angliya matbuoti «Beraxino uch farzandning otasi bo‘lgani», har uchala bolaning onasi boshqa-boshqa ekani, ayollarning olti oy ichida ko‘zi yorigani haqida yozdi. Vaholanki, uch nafar xonimning hech biri uning rafiqasi ham, doimiy qallig‘i ham emasdi.

2019 yilning 18 fevralida Beraxinoning xurmacha qiliqlari davom etdi -mast holda avtomobil boshqargani uchun qamoqqa olindi. Saydoning bu boradagi fikrlari ham biroz kulgili chiqdi: «Aybim yo‘q. Men kechki tanovul qilayotgan restoranda o‘g‘rilar qimmatbaho soatimni o‘g‘irlashdi. So‘ngra mashinamni olib qo‘yishga urinishdi - men shunchaki, ulardan qochishga harakat qildim». Guvohlar esa voqeaning biroz boshqacha tus olganini ta’kidlashdi: «Beraxino ko‘p ichib, mast bo‘lib qolgandi, o‘zini tutolmay, axloqsizlik qildi. Restoradna ikki qiz va ikki do‘sti bilan chiqayotganda, kim bilandir mushtlashdi. Aftidan, uning soati o‘sha pallada singan».

Chempionshipda qatnashayotgan «Stok Siti» isyonchini mashg‘ulotlardan haydadi - sud ishi yopilmaguncha shunday bo‘lishi ta’kidlandi. Yaqinda Beraxinoning ishi sudda futbolchining ishtirokida ko‘rib chiqildi. Saydo - noyob iqtidor sohibi, bu yerda ham qiliq chiqardi. Yig‘ilish arafasida bir nech­ta surat olishga uringan fotomuxbirlarni haqorat qildi. «Jin ursin, o‘tkazib yuborsangiz-chi. Ahmoqlar!» - futbolchi shunday deya o‘shqirdi.

Saydoning bu kabi qiliqlari kishining kulgisini keltiradi. Sudga ketayotganingda seni suratga olishsa, bu yoqimsiz, albatta. Lekin har qaysi mashhur shaxs bunga tayyor turishi kerak. Beraxino - Angliyada taniqli, demak, uni sud zali ostonasida jurnalistlar kutib turgani tabiiy hol. Eng qizig‘i, Saydo yig‘ilishdan so‘ng avtomobilini noto‘g‘ri joyda to‘xtatgani uchun jarima solingani ustidan chiqdi. Sudga kirgandi, nima deyishni ham bilmaydi.

Yig‘ilishda Beraxinoning advokatlari, kutilganidek, aybsiz ekanini isbotlashga urinishdi. Go‘yoki, «futbolchi atigi 15 soniya mast holatda mashina haydagan, mazkur holatda aynan Saydoning o‘zi jabrdiyda» ekan. Hozircha Beraxinoga nisbatan qanday jazo qo‘llanishi noma’lum, variantlar ko‘p - jarimadan tortib, qamoq jazosigacha. Shunga qaramay, Kokorin va Mamayevlar voqeasi Angliyada takrorlanishiga ishonish mushkul.

Ehtimol, Beraxino kattagina jarima to‘lash bilan qutular - ammo mojarolar girdobida putur yetgan obro‘sini tiklashi amrimahol. Ha, Saydo endigina 25 yoshda, biroq futbol uni anchadan buyon qiziqtirmay qo‘ygan ko‘rinadi. Angliyadagi eng iqtidorli forvardlardan birining so‘nggi 3,5 yil ichida nimalar qilganiga bir e’tibor qarating:

APLda 40ta o‘yin o‘tkazib, birorta gol urolmadi. Beraxinoning «quruq» seriyasi 913 kun davom etdi;

6 hafta ichida uch marta otalik baxtiga muyassar bo‘ldi;

Doping iste’mol qilgani uchun diskvalifikasiya qilindi. Aybiga iqror bo‘lmayapti;

2018 yili Angliya termasi asosiy tarkibiga kirishi kutilgan forvard o‘z vatani - Burundi milliy jamoasida o‘ynashni ma’qul ko‘rdi;

Chempionship darajasigacha tushdi. Mazkur ligada «Stok Siti» tarkibida 24ta o‘yin o‘tkazib, atigi 3ta gol urdi;

Ko‘plab mojarolar sababchisiga aylandi;

«Stok Siti» mashg‘ulotlaridan haydaldi. Qilmishi bo‘yicha sudning qarorini kutmoqda.

Saydo Beraxino top darajadagi mohir yoki o‘rtamiyona futbolchi bo‘lib yetishishi kerak edi. Biroq mojarolar ustasiga aylanib, ahmoqona vaziyatlarga tushib qoldi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:53, 24.03.2019.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.