Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Abror Pirriyev: «Otabek Shukurovning jarohati jiddiy»

Abror Pirriyev: «Otabek Shukurovning jarohati jiddiy»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olganidan muxlislarning xabari bor.

O‘FA Matbuot xizmati o‘yindan keyin terma jamoa shifokori Abror Pirriyevdan Otabekning holati haqida ma’lumot oldi. 

"Otabek Shukurov bugun Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. Biz maydonning o‘zida Otabekka birinchi yordamni ko‘rsatdik. Keyin uni mahalliy shifoxonaga olib bordik. Tekshiruvlar natijasida Otabekning boldir suyagi pastidan singani aniq bo‘ldi. Ammo suyak joydan siljimigan. Bu juda muhim. Qolaversa, sinish ko‘ndalang emas. Bunday hollarda futbolchining jarohatdan tiklanishi osonroq bo‘ladi. Tekshiruvlar natijasidan keyin shunday xulosaga keldik: bunday holatda futbolchi yo operasiya qilinishi kerak yoki oyoqning singan joyi fiksasiya, ya’ni gips qilinib, davolanishi zarur. Operasiya qilingan taqdirda, jarohatning bitishi tezroq bo‘ladi. 

Ammo Otabek Shukurov "Sharja" klubi a’zosi bo‘lganligi sababli bu holda klub shifokorlari bilan maslahatlashish talaba etilardi. Biz BAA klubi bilan aloqaga chiqdik. Ular Otabekning oyog‘ini gips qilgan holda, Dubayga olib borishni maslahat berishdi. Klub shifokorlari Dubayda futbolchini yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazishadi. Keyin davolanish bo‘yicha eng ma’qul variantni o‘zlari futbolchi bilan kelishgan holda amalga oshirishadi. Shu sababli Shukurovning oyog‘i gips qilindi. Ertaga u BAAga uchib boradi va u yerda davolanishni davom ettiradi. Bunday jarohatlar odatda ikki oy ichida tiklanadi. Otabek Shukurovga tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz", - dedi Abror Pirriyev.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:42, 25.03.2019.
O'qildi: 2797 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.