Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Ayollar futboli tantanasi

Ayollar futboli tantanasi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yer yuzida ayollar futboli tobora ommalashmoqda, unga qiziqish darajasi oshmoqda. Oldinroq «Atletik» (Bilbao) ayollar jamoasining muxlis to‘plash bobida rekord o‘rnatgani haqida yozgandik.

Oradan hech qancha o‘tmay, «Atletiko» (Madrid) o‘z adashi rekordini yangiladi. 60 739 muxlis - FIFA kunlari boshlanishidan oldin «Atletiko» va «Barselona» ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni shuncha tomoshabin bevosita stadionda kuzatdi. Bu klublar miqyosidagi ayollar futboli uchun nafaqat Ispaniya, balki jahon rekordidir. Darvoqe, yanvar oyida «San-Mames» stadionida qayd etilgan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkichda ham «Atletiko» hissa qo‘shgandi. Ya’ni 48 121 muxlis guvohligida Ispaniya kubogi doirasida kechgan o‘sha uchrashuvda ayol «matraschilar» «Atletik» mehmoni bo‘lishgandi.

«Atletiko» ayollar jamoasi raqibalarini odatda mashg‘ulotlar bazasidagi maydonda qabul qiladi. Biroq jamoa rahbariyati «Barselona»ga qarshi o‘yinga qiziqish kattaligini inobatga olib,  manzilni o‘zgartirdi. Ya’ni Ispaniya ayollar chempionatining markaziy uchrashuvi «Vanda Metropolitano» stadioniga ko‘chirildi. Zero, ayni payt har ikki jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Natijaga kelsak, stadionda yuzaga kelgan chinakam «anshlag» madridlik ayollarga naf keltirmadi - ular turnir jadvalidagi peshqadamlik mavqeini mustahkamlash uddasidan chiqishmadi. Boshqacha aytganda, «Barsa» ayollari Madriddan 2:0 hisobi bilan qaytishdi. Endilikda ikki jamoani atigi 3 ochko ajratib turibdi.

Avvaliga o‘yin uchun cheklangan miqdorda chipta tayyorlangan edi - 50 ming dona. Talab kattaligi oydinlashganidan keyingina zudlik bilan yana qo‘shimcha 10 mingta chipta sotuvga chiqarildi. Umuman, «Vanda Metropolitano»dagi uchrashuvga maxsus tayyorlangan chiptalar o‘yinga 5 kun qolgan vaqtdayoq to‘liq sotildi. Aytgancha, ularning bahosi baland emasdi - barcha tribunalar uchun atigi 5 yevro. Qolaversa, «Atletiko» klubi a’zolariga chipta bepul taqdim etildi.

Ayollar futboliga muxlislar tashrifi bo‘yicha mutlaq rekord 1999 yili terma jamoalar o‘yinida o‘rnatilgan. O‘shanda AQSH va Xitoy termalari o‘rtasidagi jahon chempionati final bahsi 90 185 muxlis to‘plagandi.

Aytgancha...

Nike kompaniyasi ayollar terma jamoalari uchun alohida futkolka tayyorladi. Ular erkak futbolchilar formasiga o‘xshamaydi: juda chiroyli, bejirim va texnologik...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:10, 27.03.2019.
O'qildi: 1679 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.