Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

"Binokor" yoshlar jamoasi Qirg‘izistondagi xalqaro turnir finaliga chiqdi

"Binokor" yoshlar jamoasi Qirg‘izistondagi xalqaro turnir finaliga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2009 yilda tug‘ilgan bolalardan iborat «Binokor» yoshlar jamoasi Qirg‘izistonda tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqani yosh xokkeychilarimiz «Riga» jamoasi vakillari ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) bilan boshlashdi. Shundan so‘ng Alisher Azimov shogirdlari Rossiyaning «SKA-Strelna 2017» (5:2), Chexiyaning «Shuter Yindrjixuv» (4:3) klublarini mag‘lub etib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l olishdi.

Final ostonasida yosh «binokorchilar» AQSHning «USA Select» klubidan ustun kelib (2:1), final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Hal qiluvchi bahsda esa hamyurtlarimizga Bishkekning «BO‘SM-1» jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu bellashuv ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, «Binokor» rahbarlari Sankt-Peterburgning «SKA-Strelna 2017» xokkey klubi bilan o‘zaro hamkorlik qilish, o‘rtoqlik o‘yinlari va yig‘inlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga ham erishganligini alohida e’tirof etish joiz.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ertaga bo‘lib o‘tadigan final bellashuvida yosh xokkeychilarimizga omad tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:37, 27.03.2019.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.