Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Anchelotti bizning Fergyusonimiz bo‘lib qolsa deyman»

«Anchelotti bizning Fergyusonimiz bo‘lib qolsa deyman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z lavozimida uzoq yillar qolishini istayotgani haqida aytib o‘tdi.

«Men Neapol shahrini va klubimizni yaxshi ko‘radigan murabbiyni taklif etganman. U kuni kecha «Napoli»da 8 yil ishlashni xohlayotganini aytdi. Men esa u umrbod biz bilan qolsa, deyman. Xuddi Aleks Fergyuson kabi.

Murabbiy o‘zini klubga baxshida etishi bilan jamoadagi barchaga namuna bo‘lishi lozim, deb hisoblayman», – dedi «Napoli» rahbari Sky Sport Italia bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti o‘tgan mavsum oxirida hozirgi lavozimiga tayinlangan, u uch mavsum davomida klubga ustozlik qilib, so‘ng «Chelsi»ga o‘tgan Maurisio Sarrining o‘rnini egallagandi.

59 yoshli mutaxassisning ilk mavsumida neapolliklar Yevropa Ligasining chorak finaliga yetib kelishgan. Bu bosqichda klubni Londonning «Arsenal»iga qarshi o‘yinlar kutmoqda.

«Napoli» Italiya kubogidagi ishtirokini chorak finalda to‘xtatdi, A Seriyada esa «Yuventus»dan 15 ochkoga ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.

Manba: Sky Sports
Kiritildi: 22:51, 27.03.2019.
O'qildi: 3649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик