Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun Bekobodda katta futbol bayrami bo‘ladi!

Bugun Bekobodda katta futbol bayrami bo‘ladi!

Baho:
+ | -

O‘zPFL tomonidan o‘tkazib kelinayotgan Superliganing 2-tur o‘yinlari boshlanishiga 1 kun qoldi.

Bugun Bekobodda yangi mavsum ochilishi tantanalari boshlanadi. XXVIII milliy chempionatning starti hamda xalqimizning eng sevimli bayramlaridan “Navro‘zi olam” munosabati bilan “Metallurg” futbol klubi ishqibozlar uchun bayram dasturxonini yozgan. 

Tadbir soat 11:30 da “Metallurg” markaziy stadionini yonginasida joylashgan “Ziyoda” to‘yxonasi – restoranida bo‘lib o‘tadi. 

Kunning ikkinchi yarmida, soat 16: “Metallurg” (sobiq A.Anoxin nomidagi) stadionida “Metallurg” – “Buxoro” jamoalari U 21 o‘rtasida o‘yin bo‘ladi.

Ertaga esa voqealar rivoji “Metallurg” markaziy stadioniga ko‘chadi. Superliganing 2-turdan o‘rin egallagan “Metallurg” – “Buxoro” jamoalari asosiy tarkiblari uchrashuvi soat 20:15 ga rejalashtirilgan.

Manba: Stadion
Kiritildi: 08:54, 28.03.2019.
O'qildi: 2432 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик