Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Belgiyalik taniqli sport sharhlovchisi va FIFA agenti MOQda mehmon bo‘ldi

Belgiyalik taniqli sport sharhlovchisi va FIFA agenti MOQda mehmon bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yurtimizda ommaviy sport va olimpiya harakatini rivojlantirish uchun keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu sohada islohatlarni yanada chuqurlashtirish uchun nafaqat xalqaro tashkilot rahbarlari, balki xorijlik sport mutaxassislari bilan ham aloqalarni o‘rnatish borasida ishlar olib borilmoqda. Bugun mana shu yo‘nalish doirasida Yevropada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan belgiyalik taniqli sport sharhlovchisi va FIFA agenti Pyer Migisha Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonni O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi.

Xorijlik mutaxassis sportimizda olib borilayotgan islohatlarni yuqori baholab, o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bir Olimpiadada 13 ta medal olish har qanday davlatga ham emas. So‘nggi Olimpiadada sizlar erishgan bunday natija O‘zbekistonda sportning yuksak rivojlanayotganidan dalolat beradi. Futbol terma jamoangiz ham o‘z o‘rniga ega. O‘ylaymanki, JCHga chiqishda biroz xalqaro tajriba yetishmayapti. Umuman kelishimdan maqsad ham shu – O‘zbekistonda yirik sport tadbirlarini o‘tkazishda, futbol bo‘yicha terma jamoangizning katta jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishda yordam berish. Qolaversa, jahon sporti yulduzlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, turli sport bo‘yicha murabbiylar uchun seminarlar va o‘quv-dasturlarini uyushtirishdagi tajribamni ham ulashmoqchiman”, – dedi Pyer Migisha.

Shu o‘rinda MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ham mehmonning yaxshi niyatda o‘z xizmatlarini taklif etayotgani uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Avvalo, yurtimiz sportiga bo‘lgan qiziqishingizdan xursandmiz. Darhaqiqat, futbol haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ikki kun muqaddam bizning OTJ Tokio Olimpadasiga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqdi. Futbolni yanada rivojlantirish uchun ko‘plab milliy federasiyalar bilan hamkorlik olib bormoqdamiz. Bu borada Ispaniya qirollik futbol federasiyasi, Qatar futbol assosiasiyalari bilan memorandum imzolangan. Ko‘hna qit’aning boshqa mamlakatlari bilan aloqalarni yaxshilash va bunday kelishuvlarga tezroq erishish uchun sizning yordamingiz as qotadi, albatta”, – dedi Jasur Matchanov.

Suhbat yakuniga yetgach mehmon MOQ muzeyiga tashrif buyurib, yurtimiz sporti tarixi bilan yaqindan tanishdi. Kelajakda yurtimizda ko‘plab xalqaro musobaqalarni tashkil qilish borasida ikki tomon o‘rtasida dastlabki takliflar muhokama qilindi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:02, 28.03.2019.
O'qildi: 1519 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.