Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra tashkil etiladi

Jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra tashkil etiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari bo‘yicha kafedra tashkil qiladi;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavr yo‘nalishiga ajratilgan qabul kvotalarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun o‘rin ajratilishi yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab idoraviy mansubligidan qat’i nazar kasb-hunar kollejlarida sport inshootlariga va qishki sport turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘nalishlar tashkil qiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2019 yildan O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va bu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qiladi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 07:40, 29.03.2019.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.