Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Go‘shakni ko‘tarsang-chi...

Go‘shakni ko‘tarsang-chi...

Baho:
+ | -

«AYAKS» VINGERI DAVID NERES BILAN BOG‘LIQ G‘AROYIB HODISA. Ma’lum bo‘lishicha, Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tite Gollandiya Eredivizionida o‘ynayotgan yosh futbolchi bilan bog‘lanolmagan. «Real»ning CHL taxtidan tushishini anglatgan «Santyago Bernabeu»dagi o‘sha o‘yin ta’siri juda kuchli bo‘ldi. «Qirollik klubi» rahbariyati ayni shu mag‘lubiyatdan keyin Santyago Solari «Madrid»ni olg‘a boshlolmasligini tushundi va Zayniddin Zidanni ortga qaytardi. Ikkinchi tomondan, «Ayaks»ning sensasion natijasi yanada kuchliroq effekt berdi...

Ispaniyada Zayniddin Zidanning «Real» boshqaruviga qaytganiga hamma birdek ijobiy munosabat bildirgani o‘z-o‘zidan tayin. Mamlakat OAVda bu asosiy mavzuga aylangani ham rost. Ikkinchi tomonda nima gaplar? David Neres - bu «Bernabeu»da «Real»ni karaxt ahvolga solgan o‘sha gol muallifi. Braziliyalik 22 yoshli tezkor vinger 2 yildan oshdiki, Gollandiya Eredivizionida toblanmoqda, dam-badam o‘zini ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning «Guanjou Evergrand» klubi shu yil yanvar oyida Neres transferi uchun «Ayaks»ga naq 45 mln. yevro taklif qilgan. Chin yurti vakillari shuningdek, futbolchining o‘ziga katta miqdorda maosh berishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Biroq yosh iqtidor kelajagini yevrofutbol markazida ko‘rib, moddiy tomondan o‘ta manfaatli taklifdan yuz o‘girgan.

«Ayaks»ning Madriddagi ajoyib g‘alabasidan keyin braziliyalik futbolchining qo‘l telefoniga tanish-notanishlar tinimsiz qo‘ng‘iroq qilishadi. Xususan, bir «notanish»dan qayta-qayta qo‘ng‘iroq bo‘lsada, u javob berishga erinadi. Bu haqda David Gollandiyaning De Telegraaf gazetasiga bergan intervyusi so‘z ochdi: «Juma kunining o‘zida o‘sha notanish raqam orqali ikki marta qo‘ng‘iroq qilishdi. Biroq javob bermadim, chunki odatga ko‘ra, agar raqamlar menga tanish bo‘lmasa, go‘shakni ko‘tarmayman. To‘g‘risi, meni Braziliya terma jamoasiga chaqirish yuzasidan aloqa chiqishayotganini xayolimga ham keltirmagandim. Ke-yinroq oydinlashicha, bosh murabbiy Tite qo‘ng‘iroq qilgan ekan. Buni eshitganim zahoti darhol aloqaga chiqdim».

Aslida Tite tomonidan e’lon qilingan va 23 nafar futbolchidan iborat dastlabki ro‘yxatda David Neres yo‘q edi. Biroq aynan «Bernabeu»dagi o‘sha bahsda «Real» vakili Vinisius Juniorning jarohatlangani oqibatida murabbiy terma jamoa tarkibiga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘ldi. Ya’ni «Madrid» futbolchisi o‘rniga Neresni chaqirdi. «Ayaks» vingeri Braziliya milliy jamoasi yig‘iniga ilk marta jalb etilganini ham aytish joiz. Aytgancha, Neres jarohat tufayli chetga chiqqan hamyurtiga tezroq tiklanishini tiladi. U shuningdek, Xitoyga yo‘l olishdan bosh tortib, to‘g‘ri yo‘l tutganidan xursand ekanligini yashirmadi. Neres quvonishga va o‘z qarori bilan faxrlanishga haqli. Axir u moddiy manfaatni birinchi o‘ringa qo‘yib, «Guanjou» safiga qo‘shilganida, «Real»ni mag‘lubiyat ko‘chasiga kirishiga hissa qo‘sholmasdi va tushunarliki, Tite e’tiboriga tushmasdi. Demakki, Braziliya terma jamoasidan taklif ham olmasdi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 07:48, 29.03.2019.
O'qildi: 2069 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.