Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Kelishilgan o‘yinlar. Isbotlangan!

Kelishilgan o‘yinlar. Isbotlangan!

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda kelishgan o‘yinlar futbolning birinchi raqamli dushmaniga aylanib qoldi. Futbolchi va murabbiylar moemaygina pul ishlab olish maqsadida o‘ynlarni kelishilgan ko‘rinishda o‘tkazishmoqda. Bugun Yevropaning  nomdor jamoalari tomonidan o‘tkazilgan «ajoyib» o‘yinlar to‘g‘risida so‘z boradi.

2005-yil Italiya

«Italiya A» seriyasidagi bir yo‘la 14 ta klub kelishilgan uchrashuvlar o‘tkazganlikda gumon qilinadi va prakratura ushbu ish bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Uzoq davom etgan surishtiruv-tergov ishlari nafaqat Italiyani balki butun dunyoni hayratda qoldirdi! Ayniqsa «Yuventus» rahbarlaridan biri sanalgan Luchano Mojjining hakamlar qo‘mitasi bilan birgalikda uyishtirgan «tomosha»lari ko‘pchilikni shok xolatiga tushirib qo‘ydi.  Oqibatda «Yuve» ikkita chempionlikdan ayrildi va yangi  mavsumni «B seriya»da boshladi. «Millan», «Lasio», «Rejjina» singari klublar minus ochkolar bilan yangi mavsumni boshlashlariga to‘g‘ri keldi.
Italiya futboli 2005-2006- yildagi voqealaridan so‘ng qaqshatqich zarbaga uchradi va hali hanuz o‘ziga kela olganicha yo‘q.

Kelishgan uchrashuvlarning oqibatida «Kichkina jahon chempionati» deb ataladigan nufuzli chempionat tobora fayzsiz va zerikarli bo‘lib bormoqda. Kelishilgan uchrashuvlar Italiya futboli rivojini 10 yilga ortga surib yubordi. Vaziyatdan unumli foydalanagan APL birinchi raqamli chempionatga aylanib oldi…

2011 yil

«Atletiko Madrid» safidagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘pchilikning yodida qolgan Gabi «Saragoza» safida to‘p surgan paytlari anchayin jiddiy muommolarga duch keladi…

Gap shundaki, 2010-11-yilgi mavsumlar so‘ngida «Saragoza» «La Ligada»da jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan edi. So‘nggi turda «Levante»ni qabul qilgan mezbonlar g‘alaba qozonishsa, elitada jon saqlab qolishlari aniq edi. Uchrashuv  2 : 1 hisobida «Saragoza»ning g‘alabasi bilan yakunlangan, mezbonlar o‘sha mavsum quyi dvizionga tushib ketishmagan edi. Ushbu uchrashuvdan 4 yil o‘tib Ispaniya prakraturasi  uchrashuvga doir futbolchi va hakamlarni siquv ostiga oldi. Bank hisob raqamlari tekshirila boshlanganda hammasi ayon bo‘ldi. O‘sha 2 : 1 hisobida yakunlangan uchrashuv tugishiga 2 daqiqa qolganida «Levante» hisob raqamiga notanish insonlar tomonidan 1 million yevro miqdorida pul o‘tkazib berilgan ekan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha ayna notanish insonlar  tomonidan «Levante» klubining bir nechta o‘yinchilarining bank hisob raqamlariga 120 ming yevro miqdorida pul o‘tkazilgan. Bu jinoiy ishni o‘rganish jarayonida ko‘plab mayda qoida buzarliklar ham fosh qilindi va tergov hali to‘liq to‘xtatilganicha yo‘q!

2011-yildagi kelishilgan o‘yin klub imidjini keskin tushurib yubordi. Bu ham yetmagandek klub anchadan beri quyi dvizionda o‘rlashib qolgan. Biz bu klubni hali-beri «La Liga»da ko‘rmasak ham kerak

2015-yil        

Nepal terma jamoasining 5 ta futbolchisi hozirda qamoq jazosini o‘tamoqda…

Jahon chempionati va Osiyo kubogi saralash uchrashuvlarida Nepal terma jamoasi  Avg‘oniston, Bangladesh, Malaysiya, Singapur termalariga mag‘lubiyatga uchraydi. Ko‘pchilik tomonidan ortiqcha shov-shuvsiz qabul qilingan mag‘lubiyatlardan so‘ng Nepal prokraturasiga anonim qo‘ng‘iroq bo‘ladi va 5 ta futbolchining nomlari aytiladi. Achinarlisi, ular orasida Nepal termasi sardori ham mavjud edi…

Prokratura ushbu qo‘ng‘iroq yuzasidan tergov ishlarini boshlaydi va ko‘p o‘tmay hammasi ayon bo‘ladi. Mahalliy Bukmeykerlik idoralari bilan  kelishlgan holda, uchrashuvlarda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan Nepal termasi futbolchilari mo‘maygina pul ishlab olishadi. Kelishilgan uchrashuvlarda maydonga tushgan futbolchilar Vatan hoyinligida ayblanishdi va 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

2011-2014-yil

Salvador terma jamoasi futbolchilarining bir yo‘la 16 ta futbolchisi butun umrga futboldan chetlatilganini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Gap shundaki, Salvador «JCH 2014» saralash bahslaridagi ochkolarni ochiqchasiga pullab yuborgan. Jamoa Meksika va Amerika terma jamoalaridan naqd 5 tadan gol qabul qilib olgan  o‘yinda shu qadar uquvsizlik bilan ro‘l ijro etgan-ki,  futbolchilarining xatti-harakatlari ko‘p o‘tmay FIFAda shubha uyg‘otadi.
Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Salvador JCH saralash bosqichidagi 85 foiz uchrashuvlarda atayin yutkazib bergan ekan. Qiziiq tomoni shundaki, FIFA negadir faqat Salvadorni aybladi va yuqorida aytilganidek  terma jamoaning bir yo‘la 16 ta futbolchisini futboldan abadiy chetlatdi…

Maqola   «Goal24»,  «Portiye Drogba»,  «Sovetskiy Sport» nashrlari ma’lumotiga tayangan holda yozildi.

Y.U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:29, 29.03.2019.
O'qildi: 9570 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.